Oleh Husiev
Oleh Anatolliovych Husiev (talaffuzi: Oleg Gusev; 1983-yil 25-aprelda tugʻilgan) — Ukrainalik sobiq yarim himoyachi. Oxirgi marta Kyivning „Dynamo“ klubida oʻynagan. Asosan oʻng yarim himoyachi yoki oʻng qanot himoyachisi sifatida oʻynadi.
„Dynamo“ safida Ukraina Premyer-ligasida 250 dan ortiq oʻyin oʻtkazdi va toʻrt marta Ukraina kubogi va besh marta Ukraina Superkubogi sohibi boʻldi.
2003-yildan buyon terma jamoada 95 dan ortiq oʻyin oʻtkazdi. Barcha vaqtlarda eng koʻp gol urgan toʻrtinchi futbolchiga aylandi. 2006-yilgi FIFA Jahon chempionati va UEFA Yevro 2012 musobaqalarida Ukrainani himoya qilgan.
Klublardagi faoliyati
Husiev 2003-yilning yozida „Dynamo“ga oʻtgan. 2006-yilgi futbol boʻyicha jahon chempionatida kuchli oʻyin koʻrsatganidan soʻng, u Fransiyaning Olympique Lyonnais jamoasiga oʻtishi mumkin edi.
2014-yil 30-mart kuni darvozabon Denys Boyko (Kiyevning „Dynamo“sidan „Dnepr“ ga ijaraga olingan) havoda to‘pni tutib olayotga paytida Husiev bilan toʻqnashib ketishdi, to‘qnashuv natijasida yerga yiqilishdi. Husiev bir necha soniya harakatsiz yotdi. „Dnipro“ yarim himoyachisi Jaba Kankava yugurib kelib Husievning ogʻzini ochdi va Husiev nafas olishi uchun tilini ushlab turdi. Kankava Husievning hayotini saqlab qodi.
2015-yilning 20-sentabr kuni Husiev Ukraina Premyer-ligasi doirasida Volin Lutsk ga qarshi safarda penaltini aniq amalga oshirdi. 0:2 hisobida g‘alabadagi goli uning 100-goli bo‘ldi.
2016-yilning dekabr oyida Kyivning „Dynamo“ klubini tark etgan Husiev 2017-yilning 13-iyunida bir yillik shartnoma asosida „Dynamo“ga qaytdi.
Xalqaro faoliyati
2004-yil 17-noyabrda 2006-yilgi Jahon chempionati saralash bosqichida doirasidagi Turkiyaga qarshi oʻyinda terma jamoadagi ilk golini kiritdi (3—0). Husiev Germaniyada boʻlib oʻtgan ilk jahon chempionatida Ukrainaning barcha beshta oʻyinida maydonga tushdi.
Faoliyat statistikasi
Klub
Xalqaro
Gollari
Ballar va natijalar birinchi navbatda Ukrainaning gollari roʻyxatini koʻrsatadi, ballar ustuni Husievning har bir golidan keyin ochkoni koʻrsatadi.
Yutuqlari
Dynamo Kyiv Individual Yana qarang
Manbalar
uz.wikipedia.org