Oleg Vyalov
Oleg Stepanovich Vyalov (23-yanvar 1904-yil, Toshkent, Rossiya Imperiyasi – 1-iyul 1988-yil) sovet geologi va paleontologi. Ukraina SSR Fanlar akademiyasining akademigi (1948).
Biografiyasi
Oleg 10(23)-yanvar 1904-yilda Toshkent shahrida ofitser oilasida tavallud topgan.
1928-yilda Leningrad davlat universitetini tamomlagan.
Stepanovich 1927–1933-yillarda Geologiya qoʻmitasida ishlagan.
Oleg Stepanovich 1933–1948-yillarda VNIGRIda faoliyatini olib borgan.
1937-yilda „Oʻrta Osiyoning uchinchi darajali konlarini oʻrganish uchun materiallar“ mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi.
Oleg professor (1941) va Ukraina SSR milliy fanlarv akademiyasining akademigi (1948).
Oleg „Sledi jiznedeyatelnosti organizmov i ix paleontologicheskoye znecheniye“ asari muallifi (1966).
SSSR Fanlar akademiyasining 1-Sovet Antarktika ekspeditsiyasi aʼzosi (1955–1956).
Vyalov 1988-yil 1-iyunda vafot etgan. U Lvovdagi Lichakovskiy qabristoniga dafn qilingan.
Tashkilotlarga aʼzoligi
Ukraina Butunittifoq paleontologiya jamiyatining maxsus boʻlimi tashkilotchisi va birinchi raisi bo'lib faoliayt yuritgan (1977).
Oleg Vyalov Stepanovich „Hayvon va oʻsimlik organizmlarining tarixiy rivojlanish yoʻllari va qonuniyatlari“ muammosi boʻyicha Ilmiy kengash byurosi hamda SSSR Idoralararo stratigrafiya qoʻmitasining doimiy neogen va paleogen komissiyalari aʼzosi bo'lgan.
Xotirasi
Chodir-togʻ platosining janubiy chekkasida gʻorga Vyalov nomi berilgan (balandligi 1105 m). Uning uzunligi 340 m, chuqurligi 81 m, maydoni 1675 m² ni tashkil etadi. 1927-yilda Chodir-togʻida joylashgan Bezdonnaya koni (443-4), birinchi boʻlib 100 m chuqurlikka erishgan Oleg Stepanovich Vyalov sharafiga nomlangan. Bu nom 1974-yilda olimning 70 yilligi munosabati bilan KAS Karst komissiyasi tomonidan berilgan.
Manbalar
uz.wikipedia.org