Oleg Tyulkin
Oleg Yuryevich Tyulkin (1959-yil 7-iyun, SSSR) — sovet va oʻzbek futbolchisi, yarim himoyachi.
Faoliyati
Toshkentning "Traktor" klubi tarbiyalanuvchisi. Birinchi murabbiylari Vasiliy Ivanovich Nakonechniy va Valeriy Nikolayevich Letkinlar boʻlgan. Futbolchi sifatida Oʻzbekiston SSRning "Xiva", „Narimanovets“, „Traktor“, "Andijon", "Soʻgʻdiyona" va boshqa klublarida toʻp surgan.
Futbolchilik faoliyatini yakunlagach, murabbiylik faoliyatini boshlagan. Uzoq yillar „Xorazm“, "Soʻgʻdiyona", "Zomin" klublarini boshqargan. Shuningdek, Oʻzbekistonning koʻplab klublari murabbiylar shtabida faoliyat yuritgan. 2017-yilda Samarqandning "Dinamo"sini boshqargan.
Havolalar
uz.wikipedia.org