Oleg Sobirov
Oleg Vladimirovich Sobirov (ruscha: Олег Владимирович Сабиров; 1981-yil 13-martda tugʻilgan) – oʻzbekistonlik professional sobiq futbolchi, Hozirda Qozogʻistonda murabbiylik faoliyati bilan shugʻillanadi.
Biografiya
Oleg „Paxtakor“ jamoasi bilan birgalikda Dneprodzerjinsk osmonida aviahalokatda halok boʻlgan futbolchi Vladimir Sobirovning oʻgʻlidir. Oleg futbolga oid dastlabki bilimlarini Chimkent sport maktabida olgan. Uning dastlabki professional jamoasi „Navbahor“ klubi boʻldi. Navbahor jamoasi tarkibida ikki mavsum davomida toʻp surdi va Oʻzbekiston Kubogi sohibi boʻldi. Keyinchalik Toshkent viloyatining „Doʻstlik“ jamoasi tarkibida ikki mavsum davomida toʻp surdi va ilk bor Oʻzbekiston Superligasi chempioniga aylandi. 2002-yilda dastlab Ukraina jamoasiga ijara berilgan Oleg, faoliyatini keyinchalik shu yilning oʻzida Navoiyning „Zarafshon“ va „Qizilqum“ jamoalarida toʻp surdi. 2003-yildan faoliyatini Qozogʻiston chempionatiga koʻchirdi va shundan soʻng asosan qozoq jamoalarida toʻp surdi. 2010-yilda Qoʻstanayning „Tobol“ jamoasida oʻynagan va mamlakat chempioniga aylangan.
Terma jamoadagi faoliyati
Oʻzbekiston milliy terma jamoasida toʻp surga va 6 ta oʻyinda ishtirok etgan.
Murabbiylik faoliyati
Hozirda Jas Ulanshaharchasida sport maktabida murabbiylik qiladi.
Oleg bir qator xayriya uchrashuvlari va xaotira oʻyinlarida futbol oʻynab turadi.
Yutuqlar
Shaxsiy hayot
Oleg uylangan, 3 nafar farzandning otasi (2 qiz va bir oʻgʻli bor).
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org