Oleg Sinelobov
Oleg Viktorovich Sinelobov (5.10.1962; Toshkent, Oʻzbekiston SSR, SSSR) — sovet, oʻzbek va rus futbolchisi; murabbiy.
Faoliyati
Futbolchi sifatida
Klubdagi faoliyati Professional faoliyatini 1980-yilda Xalqobodning "Sohibkor" klubi tarkibida boshlagan. 1983-yil boshida Jizzaxning „Zvezda“ jamoasiga oʻtadi va 1984-yilning oxirigacha shu klubda oʻynaydi. Bu vaqt ichida „Zvezda“ tarkibida 62 ta oʻyinda maydonga tushib, 13ta gol urgan. 1985-yilning birinchi yarmini „Sohibkor“ safida oʻtkazgan. 1985-yilning ikkinchi yarmida Oleg Sinelobov Toshkentning „Paxtakor“ jamoasiga oʻtib, 1989-yilning oxirigacha „Toshkent paxtakorlari“ safida toʻp surgan. Mazkur vaqt oraligʻida „Paxtakor“ safida 145 ta uchrashuvda maydonga tushib, 25 ta gol urishga erishgan.
1990 va 1991-yilgi mavsumlarda Jizzaxning „Soʻgʻdiyona“, Namanganning „Navbahor“ va Toshkentning „Paxtakor“ jamoalari tarkibida oʻynagan. 1992-yilgi mavsumda Buxoroning „Nurafshon“ jamoasida, Toshkentning „Paxtakor“ va Navoiyning „Zarafshon“ klublarida ijarada oʻynagan. 1993-yilda bir muddat Malayziyaning „Perliz“ jamoasi safida toʻp surgan.
1994-yil boshida Novotroitskning „Metallurg“ klubiga oʻtadi va bu klub 1995-yilda nomini „Nosta“ga oʻzgartiradi. Oleg Sinelobov 2003-yilgacha „Nosta“ safida oʻynagan va shu vaqt ichida 220 ta oʻyinda maydonga tushib, 57 ta gol urgan.
Jamoadagi faoliyati 1992-yilda Oʻzbekiston terma jamoasi safida beshta oʻyin oʻtkazgan.
Murabbiylik faoliyati
Sinelobov futbolchilik faoliyatini yakunlagach, murabbiylik bilan shugʻullana boshlagan. 2004-yilda Novotroitskning „Nosta“ klubida murabbiy boʻlib ishlagan. 2008-yilda „Nosta-2“ farm klubi bosh murabbiyi boʻlgan. 2010-yildan 2015-yil fevraligacha „Nosta“ bosh murabbiyi lavozimida ishlagan. 2012-yil 29-martda „Sharqiy Orenburg“ DFL prezidenti etib saylangan.
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org