Oleg Shamayev




Oleg Shamayev (1982-yil 2-avgust, Chirchiq, Toshkent viloyati, Oʻzbekiston SSR, SSSR) — oʻzbekistonlik togʻ changʻi sportchi. 2010-yilda Qishki Olimpiada oʻyinlarida ishtirok etgan.

Tarjimai hol



Oleg Shamayev 1982-yil 2-avgustda Toshkent viloyatining Chirchiq shahrida tugʻilgan.

U 1998-yildan togʻ changʻi sporti boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi tarkibiga kiradi. 1998-yil aprel oyida Turkiyada boʻlib oʻtgan Changʻi sporti Xalqaro federasiyasi musobaqasi egidi ostida birinchi marotaba ishtirok etadi.

Oleg Shamayev 2009-yil mart oyida Turkiyadagi xalqaro musobaqada bronza, Qozogʻiston ochiq chempionatida kumush sovrindorligini qoʻlga kiritadi.

U 2010-yili Vankuverdagi qishki Olim oʻyinlarida Oʻzbekiston terma jamoasi tarkibiga kiradi. Oleg Shamayev slalom boʻyicha gʻolib italiyalik Juliano Rassoliga imkoniyatni boy berib, ikkala urinish koʻrsatkichida 1 daqiqa-yu 58,05 soniyada 42-oʻrinni egallaydi. Ammo ulkan slalom boʻyicha (ikkala urinish koʻrsatkich natijasi 3.09,18) u shvesariyalik oltin medal sohibi Karlo Yankega 31,35 soniyani boy berib, 77-oʻrinni egalladi. Oleg Olimpiadaning ochilish va yopilish marosimida Oʻzbekiston terma jamoasi bayroqdori boʻldi.

U joriy yilda sportdagi oʻz faoliyatini nihoyasiga yetkazadi.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz