Oleg Mirniy




 

Oleg Pavlovich Mirniy (1963-yil 8-aprel) — sovet va rus futbolchisi, yarim himoyachi va hujumchi pozitsiyalarida toʻp surgan, rossiyalik futbol murabbiyi.

Faoliyati



Klub



Oleg professional faoliyatini 1981-yilda Maykopning „Drujba“ jamoasida boshlagan. Uning Maykopdagi faoliyatida 1983-yilgacha oʻynagan va shu vaqt ichida 51 ta oʻyin oʻtkazgan. 1983-yil iyul oyida u Krasnodar oʻlkasining Kuban jamoasiga koʻchib oʻtdi. Dastlabki mavsumida atigi 13 ta oʻyin oʻtkazdi. Keyingi yili u 22 ta oʻyin oʻtkazdi va chempionatda 3 ta gol urdi va SSSR kubogida 1 ta oʻyin oʻtkazgan edi. 1985-yilda u „Kuban“ jamoasi tarkibida 36 ta oʻyinda maydonga tushib, ligada 1 ta gol va SSSR Kubogida 3 ta uchrashuvda oʻyin oʻtkazdi. 1986-yilda u Tyumenning „Geolog“ jamoasiga koʻchib oʻtdi. Olegning Tyumendagi faoliyatida ikki mavsum davomida 51 ta oʻyin oʻtkazdi va 5 ta gol urdi. 1988-yilda u oʻzining sobiq jamoasi Kuban klubiga qaytib keldi va oʻsha mavsumning oʻzida 41 ta oʻyinda qatnashdi, chempionatda raqiblar darvozasiga 2 ta gol urdi. Mamlakat kubogi baxslarida 2 ta oʻyin (1 ta gol) oʻtkazdi. Oleg uchun Kubandagi soʻnggi mavsumida ligada 40 ta oʻyin va Kubokda 1 ta uchrashuv oʻtkazdi. Hammasi boʻlib „Kuban“ jamoasi uchun u SSSR chempionatida 152 ta oʻyin (6 ta gol urgan) va mamlakat kubogida 7 ta oʻyin (1 ta gol urgan) oʻtkazgan. 1990-yilda u „Lokomotiv Gorkiy“ jamoasiga oʻtdi va oʻsha mavsumning oʻzda 31 ta oʻyinda maydonga tushdi va 3 ta gol urdi. 1991-yilgi mavsum Oleg uchun Ujgorodning „Zakarpattya“ klubida boshlandi, u aprelgacha jamoas safida toʻp surdi va shu vaqt ichida 3 ta oʻyin oʻtkazdi. Keyin maydan iyulgacha Maykopning „Doʻstlik“ jamoasida oʻynab, 16 ta oʻyin oʻtkazib, 2 ta gol urdi. Shundan soʻng avgust oyida SSSR birinchi ligasidagi Oʻzbekiston jamoasi, Namanganning „Navbahor“klubi safiga kelib qoʻshildi va mavsumni shu yerda yakunladi. Oleg namanganliklar safida 20 ta uchrashuv oʻtkazib, 2 ta toʻp kiritgan. 1992-yilgi mavsumda Chelni shahrining „KAMAZ“ klubi tarkibida 31 ta oʻyin oʻtkazdi va 5 ta gol urdi. Buning natijasida jamoa bilan birgalikda Rossiya Birinchi ligasining markaziy zonasi gʻolibi boʻldi. Bu gʻoliblik Rossiya Premyer-ligasiga oʻtish huquqni berdi. Bundan tashqari, u Rossiya kubogida 3 ta uchrashuv oʻtkazdi va birinchi qur’asida 1 ta gol urdi. 1993-yilda, oʻzining soʻnggi professional mavsumida Rossiya Oliy ligasida debyut qildi. Chempionatda 2 ta oʻyin oʻtkazdi, shundan soʻng oʻsha yilning may oyida professional futbolchi sifatidagi faoliyatini yakunladi. Lekin keyinchalik futbolni tugatmagan holda, havaskorlar darajasida, shu jumladan Kuban faxriylari jamoasida oʻynashda davom etdi.

Murabbiylik faoliyati



Professional futbolchi sifatidagi faoliyatini yakunlagach, Oleg Mirniy murabbiylik bilan shugʻullangan, turli havaskor jamoalarda ishlagan. 2007-yilning 22-mayidan 2008-yil ga qadar „Krasnodar-2000“ klubida murabbiy boʻlib ishlagan. 2009-yilda Kuban yoshlar jamoasini boshqargan, 2010-yildan u erda ikkinchi murabbiy boʻlib ishlagan.

Yutuqlar



KAMAZ

Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz