Oleg Krasilnikov




Krasilnikov Oleg Vladimirovich (1950-yilning 14-sentabrida Qirgʻiziston SSRning Sulyukta shahrida tugʻilgan — 2011-yilning 30-avgustida Braziliyaning Recifi shahrida vafot etgan) — sovet va oʻzbek professori, biofizigi. Uzoq vaqt Braziliyada yashab, faoliyat yuritgan.

Biografiyasi



Oleg Krasilnikov 1950-yil 14-sentabrda Qirgʻiziston SSRning Sulyukta shahrida ishchi oilasida dunyoga kelgan.

Otasi – Krasilnikov Vladimir Sergeyevich – kon muhandisi, Qirgʻiziston koʻmir konlarida (Sulukta va Toshkoʻmir shaharlarida) ishlagan.

Onasi – Krasilnikova Yekaterina Yakovlevna – iqtisodchi boʻlgan. Olegning ota-onasi Markaziy Osiyoga kelib qolgan rossiyalik muhojir oilalardan boʻlgan.

Oleg Krasilnikov 1957—1967-yillarda Sulyukta shahridagi oʻrta maktabni imtiyozli diplom (kumush medal) bilan tugatgan.

Toshkent Davlat universiteti (ToshDU) — hozirgi Oʻzbekiston milliy universiteti (SSSR, OʻzSSR)ning biologiya va tuproqshunoslik fakultetiga oʻqishga kirgan.

1973-yilda universitetni imtiyozli diplom bilan tamomlagach, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Biokimyo institutining Biofizika boʻlimida oʻqishini davom ettirgan. Bu yerda Krasilnikov membrana-faol toksinlarning ion kanallarini hosil qilish qobiliyatini tadqiq qilgan va nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan.

Keyinchalik, turli bakterial toksinlarning teshik hosil qiluvchi xususiyatlarini oʻrganish natijalariga asoslanib, Krasilnikov va uning hamkasblari 1989-yilda monografiya yozishgan.

Doktorlik dissertatsiyasini 1989-yil 28-oktabrda Moskva davlat universiteti (МGU)da himoya qilgan. 1989-yilda Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Fiziologiya va biofizika institutida molekulyar fiziologiya laboratoriyasiga rahbarlik qilgan. 1993-yil 28-oktabrda unga Professor ilmiy unvoni berilgan.

1993-yilda hamkorlik kelishuviga koʻra Krasilnikov xizmat safari bilan Braziliyaning Pernambuko shtati poytaxti – Resifi shahridagi Federal Universitetning (UFPE) biofizika va radiobiologiya boʻlimiga yuborilgan.

1999-yilda professor sifatida Membran biofizikasi (LBM) laboratoriyasini boshqargan va ushu laboratoriyada 2011-yilgacha faoliyat koʻrsatgan.

Portugal tilini puxta egallagan Krasilnikov universitetning bakalavriat va magistratura yoʻnalishida tahsil olayotgan talabalarga ma’ruzalar oʻqiy boshlagan. 2002-yildan Resifi Federal Universitetida (UFPE) biofizikadan muntazam dars berib kelgan.

2011-yilda unga mazkur universitetning professori unvoni berilgan. Shuningdek olim Braziliya va AQSh biofizika jamiyatlari a’zosi ham hisoblangan.

Biofizik Oleg Krasilnikov 10 nafar fan nomzodi (PhD), 1 nafar fan doktori, 26 nafar biofizika magistrantlarini tayyorlagan. Oʻzbekiston va Braziliyadagi nufuzli nashrlarda 100 dan ortiq ilmiy maqolalari chop etilgan. Qolaversa uning bitta monografiya, 2 ta ixtiro patenti va biofizika boʻyicha oʻnlab tezislari mavjud.

Oleg Krasilnikov 2011-yilda Braziliyaning Resifi shahrida vafot etgan. U Vladikinskiy qabristoni (Moskvaning shimoliy-sharqiy ma’muriy okrugida joylashgan)ga dafn qilingan.

Ilmiy faoliyati



Krasilnikov Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining Biokimyo institutini tamomlagandan soʻng oltin stafilokokklar (Staphylococcus aureus) tomonidan sintez qilingan zaharli oqsil a-gemolizinning sunʼiy ikki qavatli lipid membranalariga taʼsirini oʻrganishga kirishgan.

A- stafilotoksin ikki qavatli qatlamlarga osonlik bilan birlashadi va ion kanallarini hosil qiladi[. Bu ish Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Fiziologiya va biofizika institutida davom ettirilgan. Izlanishlar doirasida kanal hosil qiluvchi moddalar sezilarli darajada kengaytirilgan va qora oʻrgimchak va asal ari zaharlari (Vibrio cholerae), sereus (Bacillus cereus), pastorella (Pasteurella multocida) kabi patogen bakteriyalarning toksik oqsillari, shigella (Shigella dysenteriae)) va boshqa shu kabi tadqiqotlar O.V.Krasilnikov va uning hamkasblari ishlarida oʻrganib chiqilgan. A-stafilotoxin kanali strukturasi modeli boshqa mualliflar tomonidan kristalli a-stafilotoksinning rentgen difraksion tahlili bilan tasdiqlangan.

Olim shuningdek, Toshkentdagi bir guruh yosh olimlar bilan sun’iy ikki qatlamli ion kanallari diametrini polimerik zondlash usulini ishlab chiqgan (nonelectrolyte exclusion method) va bu biofizik tadqiqotlar amaliyotida keng qoʻllanilmoqda. A-stafilotoksin (a-gemolizin) kanali orqali nafaqat ionlar, balki yirik polietilen glikol molekulalari ham oʻtishi koʻrsatilgan, uning diametridan kanal diametrini empirik baholash uchun foydalanish mumkin.

Kanal diametrini baholash uchun elektr oʻtkazuvchanligi, membranani yuvadigan eritmalar va polietilen glikol (PEG) yoki boshqa noelektrolitlarsiz va mavjud boʻlgan kanalning oʻtkazuvchanlik koʻrsatkichlaridan foydalanilgan. Empirik tarzda, PEG yoki boshqa molekulalar bilan kanalning toʻldirilish tezligini topish uchun formula olingan. Braziliyada olib borilgan St. Aureus, E.Coli, V.Cholerae, B.Anthracis va boshqa tadqiqotlarda stafilokokk a-toksinini oʻrganish, uning polimer molekulalarini (polietilen glikollar va boshqalar) oʻtkazishga alohida e’tibor qaratilgan. Yaponiyalik elektrofiziologlar bilan hamkorlikda CFTR kanalini oʻrganish uchun polimer probing usulidan foydalanilgan.

Ikki qavatli membranaga oʻrnatilgan oqsil kanalining ikkita chiqishidan turli xil PEGlarni ishlatish imkoniyati uning suv gʻovaklarining diametri va geometriyasini baholash uchun koʻrsatilgan. Membrana uchun foydalaniladigan eritmalarda yuqori tuz konsentrasiyalari (4 M KCl va boshqalar) yordamida kanal sezgirligini (rezolyutsiyani) koʻpaytirish usuli taklif qilingan. Shu sababli, lipid ikki qatlamlarida a-stafilotoksin tomonidan hosil boʻlgan yagona nanoporlar polimer molekulalari uchun massa spektrometrlari kabi xizmat qilishi mumkin. Rezolyutsiya 40 Da ga yetadi, keyinchalik bu Oxford Nanopore Technologies tomonidan nanopora DNK sekvensiyasi uchun asos sifatida qabul qilingan.

Braziliyadagi laboratoriya hozirda uning nomi bilan ataladi.

Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz