Oleg Fuks




Oleg Valeryanovich Fuks (1948-yil 16-oktyabr — 2021-yil 17-mart) — SSSR va oʻzbekistonlik regbichi, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan murabbiy. Oʻzbekistonda va Rossiyada regbi sportini rivojlantirishda hamda Oʻzbekiston SSRning eng kuchli va taniqli regbi oʻyinchilarini tarbiyalashda munosib hissasini qoʻshgan mohir murabbiy.

Hayoti



U oʻyinchi sifatida Oʻzbekiston SSRning koʻp karra chempioni va SSSR chempionatlari ishtirokchisi. Toshkent politexnika instituti jamoasida oʻynagan. Oʻyinchilik faoliyatini yakunlagandan soʻng, Toshkentning „Zvezda“ va Kaliningradning „Vest-Zvezda“ klublarida murabbiy boʻlib faoliyatini davom ettirgan. Keyinchalik u Shchelkovskiy tumanidagi bolalar va oʻsmirlar sport maktabida oʻqituvchi-murabbiy boʻlib faoliyat yuritdi, shuningdek Moninning Harbiy Havo kuchlari akademiyasi (HHKA) „HHKA-Podmoskovye“ klubida murabbiylik qilib klub oʻyinchilarini nufuzli chempionatlarga tayyorlagan. Uning eng taniqli shogirdlari — Denis Kukishyev („Strela“), Aleksandr Gudok („Lokomotiv-Penza“) va Artyom Marchenko („HHKA-Podmoskovye“).

Klubdagi faoliyati



Toshkent politexnika institutida oʻz faoliyatini boshlagan. Universitet jamoasini nufuzli musobaqalarda munosib himoya qilib, koʻplab musobaqa va chempionatlarda sovrindorlar qatorida oʻrin egallashida munosib hissasini qoʻshgan. Jamoadoshlari va murabbiylari orasida tirishqoqligi va mehnatsevarligi bilan barchaning koʻnglidan joy olgan qadrli sportchi boʻlishi bilan bir qatorda, yaxshi doʻst va malakali sportchi sifatida muhlislari koʻnglidan ham oʻrin egallagan. Eʼtiborli jixati shundaki, u faoliyati davomida barcha musobaqalarda eng yaxshi oʻyinchi sifatida eʼtirof etilgan.

Murabbiylik faoliyati




Mukofotlari




Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz