Oleg Borisov




Borisov Oleg Matveyevich (1929, Mordva Respublikasi — 1988.31.10, Toshkent) — geolog olim. Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi muxbir aʼzosi (1984), geol. mineralogiya fanlari doktori (1970). Oʻrta Osiyo davlat universiteti geol. fakultetini bitirgan (1953). Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi geologiya va geofizika institutida katta ilmiy xodim (1956—70), laboratoriya mudiri (197086), Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi seysmologiya instituti direktori (1986—88). Asosiy ilmiy ishlari regional geol. va magmatizmga bagʻishlangan. Oʻzbekistonning tektonik xaritasi va Oʻrta Osiyoning paleozoy davri jinslarigacha boʻlgan pastki qatlami tuzilishining dastlabki sxemasini tuzishda qatnashgan.

uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz