Oleandomitsin




Oleandomitsin ( Oleandomitsin ) — antibiotik, 14 aʼzodan iborat tabiiy makrolid, kimyoviy tuzilishi eritromitsinga oʻxshaydi. IUPAC nomi: (3R,5R,6S,7R,8R,11R,12S,13R,14S,15S)-14-((2S,3R,4S,6R)-4-(dimetilamino)-3-gidroksi-6- metiltetrahidro-2H-piran-2-iloksi)-6-gidroksi-12-((2R,4S,5S,6S)-5-gidroksi-4-metoksi-6-metiltetrahidro-2H-piran-2-iloksi)-5 ,7,8,11,13,15-geksametil-1,9-dioksaspiro[2.13]geksadekan-4,10-dion. Oleandomitsin birinchi marta 1954-yilda Streptomyces antibioticus aktinomitsetidan ajratib olingan. Suvda yaxshi eriydi. Eritromitsinga qaraganda kislotali muhitda chidamliroq.

Farmakologik taʼsiri



Makrolidlar guruhiga kiruvchi antibakterial vosita. Ishqoriy muhitda maksimal ifodalangan bakteriostatik taʼsir koʻrsatadi. Oleandomitsin ribosomalarning 50S-birligi darajasida oqsil sintezini buzadi, natijada aminoatsil radikalining translokatsiya reaksiyasini ingibitsiya qiladi va qoʻzgʻatuvchi komplekslar hosil boʻladi.

Taʼsir doirasi Gram-musbat : Staphylococcus spp., penitsillinaz ishlab chiqaruvchi va ishlab chiqarmaydigan; Streptococcus spp. (shu jumladan Streptococcus pneumoniae), Bacillus anthracis, Corynebacterium diphtheriae va grammusbat mikroorganizmlar: Neisseria gonorrhoeae, Haemophilus influenzae, Bordetella pertussis, Brucella spp., Legionella spp., Mycoplasma spp., Chlamydia spp., Treponema spp., Rickettsia spp.

Qoʻllashga koʻrsatmalar



Bakterial infeksiyalar: pnevmoniya, skarlatina, difteriya, koʻkyoʻtal, traxoma, brutsellyoz, tonzillit, oʻrta otit, sinusit, laringit, yiringli xolesistit, flegmona, osteomiyelit; stafilokokk, streptokokk va pnevmokokkli sepsis va boshqalar. Preparatga sezgir patogenlar keltirib chiqaradigan kasalliklar.

Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar



Yuqori sezuvchanlik, sariqlik (anamnezda), jigar yetishmovchiligi.

Ehtiyotkorlik bilan. Homiladorlik, laktatsiya davri.

Nojoʻya taʼsirlari



Allergik reaksiyalar (teri qichishishi, torvoq, angionevrotik shish), koʻngil aynishi, qusish, diareya, jigar faoliyatining buzilishi.

Qoʻllash usuli va dozalari



Ichishga, ovqatdan soʻng, kuniga 0,25-0,5 g. 4-6 maxal qabul qilinadi. Kattalar uchun eng yuqori sutkalik doza 2 g. 3 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun sutkalik doza 0,02 g/kg; 3 yoshdan 6 yoshgacha — 0,25-0,5 g; 6 yoshdan 14 yoshgacha — 0,5-1 g; 14 yoshdan katta — kuniga 1,0-1,5 g. Davolash kursi 5-7 kun.

Maxsus koʻrsatmalar



Bu dori eskirgan makrolid boʻlib, hozirda deyarli qoʻllanilmaydi. Biroq, Oletetrin (oleandomisin + tetratsiklin) kombinatsiyalangan dori sifatida roʻyxatga olingan.

Boshqa dori vositalari bilan oʻzaro taʼsiri



Novobiotsin, tetratsiklin, xloramfenikol va nitrofuranlar bilan kombinatsiyada qoʻllash tavsiya etiladi. Aminoglikozidlar, levorin, nistatin, sulfanilamidlar bilan kombinatsiyada ham qabul qilish mumkin.

Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz