Old Himolay togʻlari




Sivalik , Old Himolay togʻlari — Himolay togʻlari sistemasidagi nisbatan pastroq tizmalar, Hindiston va Nepal hududida, PirPanjal va Mahabharat tizmalari oraligʻida, keng maʼnoda — Himolay togʻlarining Kashmirdan Tista daryosigacha boʻlgan qismining jan. chekka qismi. Shim.gʻarbdan jan.sharqqa 1700 km masofaga choʻzilgan parallel tizmalardan iborat, eng baland joyi 2591 m. Katta Himolay togʻlaridan vodiylar bilan ajralgan. Qumtosh, konglomeratlardan tuzilgan. Yon bagʻirlari daryolar bilan oʻyilgan. Tropik oʻrmonlar oʻsadi. Choy plantatsiyalari bor.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz