Olcay Şahan




Olcay Şahan (1987-yil 26-mayda tugʻilgan) — Turkiyaning sobiq professional futbolchisi, Germaniya va Turkiya klublarida vinger yoki hujumkor yarim himoyachi sifatida oʻynagan. Germaniyada tugʻilgan, Turkiya terma jamoasini xalqaro miqyosda himoya qilgan.

Klub faoliyati



Germaniya



2008-yilda Şahan oʻzining birinchi professional oʻyinini MSV Duisburg libosida Alemannia Aachenga qarshi oʻtkazgan. Keyingi mavsumlarda u tez-tez maydonga tusha boshlagan. 2010-11-yilgi mavsumda u boshidanoq murabbiyi Milan Šašić uchun birinchi raqamli oʻyinchiga aylangan. Muvaffaqiyatli mavsumdan soʻng u 1-Bundesliga jamoasi Kayzerslautern FK oʻtgan. Yangi jamoasi bilan u Bundesliga darajasida oʻynay boshlagan va qisqa vaqt ichida Fritz-Valter-Stadion muhlislarini erkatoyiga aylangan.

Beshiktosh



2012-13-yilgi mavsum oldidan u 4 yillik shartnoma asosida 800 ming yevro evaziga Turkiyaning „Beshiktosh“ jamoasiga oʻtgan. Mavsum boshidanoq murabbiy Samet Aybaba uni mavsumning har bir oʻyinida birinchi asosiy tarkibda joylashtirgan. 2012-yil 22-oktabrda Şahan oʻzining birinchi ligadagi golini „Gaziantepspor“ darvozasiga kiritgan. U mavsumni 11 gol va 8 golli uzatma bilan yakunlagan. Klubdagi muvaffaqiyatli birinchi mavsumi bilan u Beshiktosh muxlislari nazarida sevimli futbolchilardan biriga aylangan.

Trabzonspor



2017-yilning 12-yanvarida Şahan Trabzonsporga oʻtgan.

Xalqaro faoliyati



Şahan Germaniyada tugʻilgan va Turkiya federatsiyasiga oʻtishdan oldin Germaniya U-17 terma jamoasida oʻynagan. 2012-13-yilgi mavsumdagi oʻyinlari unga Abdulla Avji boshchiligidagi Turkiya terma jamoasiga chaqiruv olishiga zamin yaratgan. 2013-yil 22-mart kuni Şahan Andorraga qarshi birinchi xalqaro oʻyinini oʻtkazgan. Murabbi Fatih Terim Şahanni Turkiya 2014 Jahon chempionati UEFA D guruhi saralash oʻyinlari uchun tanlagan. U Turkiya terma jamoasining Yevro-2016 uchun terma jamoasiga chaqiruv olgan.

Oʻyin uslubi



Şahan hujumkor yarim himoyachi, Turkiya Superligasida chap qanot himoyachisi sifatida oʻynaydi. Xalqaro miqyosda u Fotih Terim tomonidan „playmeyker“ sifatida ishlatilgan. U oʻzining tezkorligi, tezligi va mehnatsevarligi bilan tanilgan.

Faoliyat statistikasi




Klub




Xalqaro maydondagi gollar




Yutuqlar



Beshiktosh

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz