O`laksaxo`r qo`ng`izlar




Oʻlaksaxoʻr qoʻngʻizlar — qoʻngʻizlar oilasi. Uz. 6–40 mm. Moʻylovlari toʻgʻnogʻichsimon. Qurtlari yassi, harakatchan, zahkashlarga oʻxshash. 1500 ga yaqin turi bor. Keng tarqalgan; odatda, moʻʼtadil iqlimda yashaydi. Koʻpchiligi oʻlaksaxoʻr, baʼzan goʻng va zamburugʻlar bilan oziqlanadi, ayrim turlari oʻsimlikxoʻr yoki yirtqich. Organik qoldiqlarni oʻzlashtirishi orqali; ayrim turlari entomofag sifatida foyda keltiradi. Mas, 4 nuqtali Oʻlaksaxoʻr qoʻngʻizlar tengsiz ipak qurti, odimchilar qurtini qiradi. 5Prpa urugʻi turlari qand lavlagi va gʻalla ekinlariga ziyon keltiradi. Oʻzbekistonda bir necha turi, jumladan, goʻrkov qoʻngʻiz uchraydi.



uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz