Olabugʻa tatarlari




Olabugʻa tatarlari , Oʻtar-Olabugʻa tatarlari (shuningdek, Noʻgʻay-Olabugʻalar, Oʻtarlar, tatarcha: алабугат татарларыnoʻgʻaycha. utar nogaylar, qalmiqcha, kalm. Mangad) — Astraxan tatarlari tarkibidagi etnik guruh. Ular ham aksariyat Astraxan tatarlari singari, oʻzlarini alohida etnik jamoa sifatida ajratmaydi va umumiy tarzda tatarlar deb tasniflaydi. 2010-yilgi aholini roʻyxatga olish paytida yetti kishi Olabugʻa tatarlariga tegishli ekanligini koʻrsatgan. Ular tarqoq yashashi va madaniy va til jihatdan Qozon tatarlariga yaqinligi bilan ajralib turadi.

Kelib chiqishi



Oʻtar etnonimi oʻt-ar soʻziga qaytadi, bu yerda t — oʻt (oʻsimlik) yoki olov soʻzidir. Shunday qilib, Oʻtar soʻzi timsoli "oʻt" (oʻsimlik) yoki olov boʻlgan odamlarni anglatadi[3]. Olabugʻaliklar etnonimi esa Olabugʻa (Alabuga) bekati — koʻchish joyi nomidan kelib chiqqan.

Etnogenezi



XVIII asr oxirida koʻchmanchi yurt tatarlarining (Jamboylik va Beshoʻgʻil urugʻlari) 100 chodirdan iborat guruhi, qalmiqlashgan qozoq-tomutlarining bir qismi, turkmanlar va zenzelin tatarlarining (ular oʻz navbatida yurt noʻgʻaylarining Qozon tatarlari va misharlar bilan aralashuvi natijasida paydo boʻlgan) maʼmuriy jihatdan birlashishi natijasida tashkil topgan. Natijada ularga „Buxoro saroy tatarlari“ning 25 koʻchmanchi oilasi qoʻshiladi. Ushbu mayda etnogenezda noʻgʻaylar asosiy oʻrin tutadi.

XIX asrning ikkinchi yarmida ular Kaspiy dengizi sohilidagi Olabugʻa va Talagʻay-Ternov pochta bekatlari oraligi hududida koʻchib yurgan. XX asrga kelib ular oʻtroqlashib ikkita qishloqni tashkil etgani. 1930-yildan 1962-yilgacha maktab taʼlimi tatar tilida olib borilgani munosabati bilan tatarlarning etnik-madaniy taʼsiriga tushgan va qisman tatar tiliga oʻtgan. L.Sh.Arslonov 1980-yilda Olabugʻa tatarlarining etnik rivojlanishida tatar millati bilan yaqinlashish (birlashish tendensiyasi) kuzatilmasligini taʼkidlagan. Bu guruh oʻz tili, etnografik va maishiy xususiyatlarini, etnik oʻziga xosligi va oʻz nomini saqlab qolmoqda. Bu esa uni oʻz tiliga ega boʻlgan mustaqil etnik guruh deb hisoblash imkonini beradi. Shu kungacha olabugʻaliklar soni kamligi bois, maktablarda noʻgʻay tilini oʻqitish masalasi koʻtarilmagan, bolalar rus maktablarida oʻqib, qalmoq tilini oʻrganmoqda. Shu bilan birga, oʻtarlarning oʻ-oʻzini anglashda „noʻgʻay“ soʻzini qoʻllashi saqlanib qolgan. Biroq, 2002-yilgi Butunrossiya aholini roʻyxatga olish amaliyotini tayyorlash paytida, oʻtarlarni Astraxan tatarlari tarkibiga kiritish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan.

Qayta joylashtirilishi



Ular Qalmoq Respublikasining Lagan shahri, Ulan-Xol va Severnoye qishloqlarida, Astraxan viloyatining Zenzeli va Yango-Asker qishloqlarida yashaydi. Olabugʻa-tatar tilida gaplashadi. 1979-yilgi hisob-kitoblarga koʻra 383 kishi, 1989-yilda — 422 kishi, 2002-yilgi aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra, atigi 5 kishi oʻzlarini Olabugʻa tatarlari deb atagan. 2010-yilgi aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra, 1144 kishi Olabugʻa tatarlari tilida gaplashishini koʻrsatgan.

Manbalar




Adabiyotlar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz