Ola John
Ola John (talaffuzi: Ole Jon; 1992-yil 19-mayda tugʻilgan) — professional futbolchi, Al-Hazem jamoasida chap qanot himoyachisi. Liberiyada tugʻilgan, Gollandiya terma jamoasini himoya qilgan.
Klublardagi faoliyati
Twente
2010—2011-yilgi mavsum oldida John Twentedagi safiga qoʻshildi. 6 ta golli uzatma bilan UEFA Yevropa ligasi guruh bosqichida golli uzatmalar reytingida birinchi o‘rinni egalladi. 3-noyabr kuni „Twente“ning Yevropa Ligasi doirasida Odense BKga qarshi uchrashuvida John uchchala golga assistentlik qildi. Jon 2011-yil 4-dekabrda „Utrecht“ qarshi oʻyinda (6:2) ikkita gol urdi.
Benfica va ijaralar
2012-yilning 24-mayida John Portugaliyaning Benfica klubi bilan 5 yillik shartnoma imzoladi, klub Twentega 45 mln yevro toʻladi. Lissabondagi dastlabki oylarida asosiy jamoada oʻz oʻrnini topishga qiynalganidan soʻng, John 2012—2013-yilgi mavsumining ikkinchi yarmidan zaxira oʻyinchisi boʻldi. Shunga qaramay UEFA Yevropa Ligasi va Portugaliya kubogi finallarida ishtirok etdi.
2014-yil 17-yanvarda 2013—2014-yilgi mavsumning qolgan qismi uchun Hamburger SVga ijaraga berildi.
2015-yil 1-sentabrda John bir mavsumga Futbol Ligasi Chempionatining Reading jamoasiga ijaraga berildi. 2015-yil 3-noyabr kuni „Reading“ safidagi ilk golini Huddersfield Townga qarshi uchrashuvida urdi. 2016-yil 22-avgustda John Chempionshipga qaytib, Wolverhampton Wanderersga mavsumiy ijara asosida qoʻshildi.
„Boʻrilar“da jarohat olganidan soʻng, uning ishtiroklari ancha pasayib ketdi. Jami mavsumda 71 daqiqa oʻynadi. Ijarasi 2017-yil 13-yanvarda qisqartirildi. 2017-yilning avgustida Ola Jon Panathinaikos va Qarabağa ijaraga berilishidan bosh tortgani xabar qilingan.
Vitória de Guimarães
2018-yil 21-iyulda John Primeira Liga vakili Vitória SC bilan uch yillik shartnoma imzoladi.
Xalqaro faoliyati
2012-yil fevral oyida Bert van Marwijk birinchi marta Johnni Niderlandiyaning milliy futbol terma jamoasinining Angliyaga qarshi oʻyiniga chaqirdi. 2012-yil 7-mayda UEFA Yevro-2012 turniri uchun 36 nafar futbolchining vaqtinchalik roʻyxatiga kiritildi.
Faoliyat statistikasi
1-iyul, 2019-yil holatiga koʻra[18][19]
Yutuqlari
Twente Benfica Manbalar
uz.wikipedia.org