Ola chipor aloe




Ola chipor aloe yoki aloe Yoʻlbars aloesi (lotincha: Aloe variegata) — koʻp yillik, shirali oʻsimlik, Asphodelaceae oilasiga mansub aloe (aloe) turi. (tur avvallari Xanthorrheaceae oilasi tarkibiga kiritilgan). Janubiy Afrika va Namibiyada keng tarqalgan. Variegata oʻziga xos sifat boʻlib, lotinchadan tarjima qilganda „rangli“ degan maʼnoni anglatadi va mazkur turdagi oʻsimliklarning dogʻli barglariga ishora qiladi.

Tavsif



Oʻsimlikning balandligi 20-30 sm, 18-24 ta bargi 3 qatorga joylashgan. Barglari sershira yashil rangga ega, notekis och yashil dogʻlari bor. Barglarning uzunligi 10-15 sm, asosning kengligi taxminan 3-6 sm. Barglarning shakli uchburchak. Shikastlanish, suv miqdori va yoshiga qarab, tashqi barglar oltin jigarrang tusga kirib quriydi.

Ola chipor aloe oʻrtacha 3-7 yil oʻsadi, bularning barchasi koʻp jihatdan atrof-muhitga, quyosh nuri va suvga bogʻliq.

Gullari 20-30 sm balandlikda toʻq sariq rangda, toʻda-toʻda boʻlib joylashgan. Gullash davri mart yoki aprel oylariga toʻgʻri keladi.

Vegetativ xususiyatlar.

Aloe poyasiz oʻsadi, unib chiqadi va guruhlar hosil qiladi. 20 tagacha lancet-deltoid, koʻndalang kesimdagi V shaklidagi barglar novdada uch qator boʻlib joylashgan. Uning yashil rangli oʻtkir barglarining uzunligi 10-15 dyuym va kengligi 4-6 dyuymgacha yetadi. Barglarning yuzasida tartibsiz koʻndalang chiziqlar hosil qiluvchi oq rangli dogʻlar mavjud. Barglarning cheti va sirti oq hamda gʻadir-budir boʻladi.

Toʻpgullar va gullar.

Toʻpgullar bir-ikki novdadan iborat va uzunligi taxminan 30 dyuymni tashki qiladi. Boʻsh, silindrsimon shakldagi toʻda uzunligi 10 dan 20 dyuymgacha va taxminan 20-30 gulni oʻz ichiga oladi. Oval uchli novdalar uzunligi 15 millimetrgacha va kengligi 7 millimetrga yetadi. Gullar pushti rangdan toʻq qizil ranggacha boʻlishi mumkin, kamdan-kam hollarda xira sariq rangda boʻladi, uzunligi 4 dan 5 millimetrgacha boʻlgan gulbandlarga ega. Gullar uzunligi 35 dan 40 millimetrgacha yetadi. Uchlari ular biroz kichraygan va ochilgan boʻladi. Ularning tashqi gulbarglari uzunligi 5 dan 7 millimetrgacha yetadi, changchi tashqariga chiqib turmaydi, gul changlari esa guldan 1-2 millimetrga chiqib turadi.

Genetika.

Xromosomalar soni 2n = 14.

Tarqalishi

Ola chipor aloe Namibiya va Janubiy Afrika provinsiyalari — Shimoliy Keyp, Sharqiy Keyp, Karu, Fri Steyt mustaqil davlati va Bushmanland hududida keng tarqalgan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz