Oktyabr to'ntarishi
Oktabr inqilobi yoki
Oktabr toʻntarishi, Oktyabr revolyutsiyasi — Rossiyada Muvaqqat hukumatni qurol kuchi bilan agʻdarilishi va hokimiyat tepasiga bolsheviklar partiyasining kelishi. Inqilob eski kalendar boʻyicha 1917-yil 24-26-oktabr, yangi kalendar boʻyicha 6-8-noyabrda sodir boʻlgan.
Inqilob oldidan
Fevral inqilobidan keyin Muvaqqat hukumatning ishchilar va dehqonlarning talablari, milliy masalalarni hal qilishdagi sustkashligi va qatʼiyatsizligi, Rossiyaning urushda ishtiroki davom etayotganligi umummilliy inqirozni avj oldirdi, markazda ekstremistik (oʻta soʻl) partiyalarning, mamlakatning chekkalarida esa millatchi partiyalarning kuchayishi uchun sharoit tugʻdirdi. Hammadan ham bolsheviklar faol harakat qildilar. Ular Rossiyada sotsialistik inqilobni boshlaymiz, bu jahon inqilobining debochasi boʻladi, deb bong urdilar. 1917-yil avgust oxiri — sentabr boshlarida bolsheviklar Petrograd va Moskva Sovetlarida koʻpchilikni egalladi va qurolli toʻntarishga tayyorgarlik koʻrishdi.
Inqilob
24-oktabrdan 25-oktabrga oʻtar kechasi (yangi taqvim boʻyicha 6—7-noyabr) qurollangan ishchilar, Petrograd garnizonining soldatlari va Boltiq flotining matroslari „Qishki saroy“ga bostirib kirdi va Muvaqqat hukumat aʼzolarini qamoqqa oldi. Butun Rossiya Sovetlarining 2-sʼyezdida bolsheviklar dastlab soʻl eserlar bilan hamkorlikda Muvaqqat hukumat agʻdarilganligini qoʻllab-quvvatlab, „Tinchlik va Yer“ toʻgʻrisida dekretlar eʼlon qildilar. V.I.Lenin boshchiligidagi hukumat — Xalq Komissarlari Soveti (XKS)ni tuzdilar. Petrograd va Moskvada Muvaqqat hukumatga sodiq kuchlarning qarshiligini shafqatsiz bostirib, Rossiyaning muhim markaziy sanoat shaharlarida tezlik bilan hukmronlikni oʻrnatdilar. Asosiy dushman — kadetlar partiyasi esa qonundan tashqari deb eʼlon qilindi, partiya yoʻlboshchilari qamoqqa olindi, matbuot erkinligiga chek qoʻyildi.
Inqilobdan keyin
Shunga qaramay, Taʼsis majlisiga boʻlgan saylovlar (1917-yil 12-noyabr)da bolsheviklar faqat 25% ovoz oldi. 1918-yil 5(18)-yanvarda Petrogradda boʻlgan Taʼsis majlisi bolsheviklarning doʻq-poʻpisalardan iborat talablarini rad qilgach, ular tomonidan noqonuniy ravishda tarqatib yuboriddi. Bu holat mamlakatning parchalanishi va Rossiyada fuqarolar urushi (1918—1922) kuchayishiga olib keldi. 1918-yil mart oyiga kelib Rossiyaning anchagina hududida sovet hokimiyati oʻrnatildi. „Harbiy kommunizm“ siyosatiga oʻtilishi, qatagʻon organi — Butun Rossiya Favqulodda komissiyasi (VCHK)ning tuzilishi (1917-yil dekabr oyi) va Qizil armiyaning tashkil qilinishi (1918-yil fevral oyi) bolsheviklar gʻalabasini taʼminlab, ularning yakkapartiyaviy hukmronlikni oʻrnatishiga imkon berdi.
Turkistondagi vaziyat
1917-yil kuzida Turkistonda hokimiyatning Sovetlar qoʻliga oʻtishi uchun obyektiv shart-sharoitlar yoʻq edi, bolsheviklarning omma oʻrtasida taʼsiri ham oz boʻlgan. Bu yerda asosiy siyosiy kuchlar eserlar va milliy partiyalar edi. Biroq, Oktabr toʻntarishi haqidagi xabar 27-oktabrda Toshkentga yetib kelgach, bolsheviklar va soʻl eserlar hokimiyatni zoʻravonlik yoʻli bilan egallash uchun kurash boshladilar. Toʻrt kunlik janglardan soʻng Toshkentning yangi shahar qismida sovet hokimiyati oʻrnatildi (1917-yil 1-noyabr). Muvaqqat hukumatning Turkiston komiteti agʻdarib tashlandi. Biroq qurolli toʻqnashuvda mahalliy aholi deyarli ishtirok etmadi. 1917-yil 15-22-noyabrda boʻlgan Turkiston Sovetlarining Oʻlka sʼyezdida soʻl eserlar, bolsheviklar va maksimalistlardan iborat Turkiston oʻlkasi XKS (raisi F.I.Kolesov) tuzildi. Hukumat tarkibiga tub millat vakillaridan biron kishi ham kiritilmagan edi. Hokimiyatning Sovetlar tomonidan bosib olinishini taraqqiyparvar kuchlar (Fitrat, Ubaydulla Asadullaxoʻjayev, Munavvarqori, Mustafo Choʻqay, Sherali Lapin va boshqalar) keskin qoralashgan. Turkistondagi sovet hokimiyati Muvaqqat xukumatdan meros qolgan harbiy kuchlar va boshqa qurolli kuchlarni oʻz qoʻliga toʻplab, Qoʻqonga hujum qiddi va Turkiston muxtoriyatini tugatdi (1918-yil fevral). Biroq Buxoroga qilingan bosqin (1918-mart) magʻlubiyatga uchradi (qarang Kolesov voqeasi).
Natijalari
Oktabr toʻntarishi 20-asrda Rossiya va butun jahon uchun kuchli taʼsir qildi. Dunyo siyosiy tartibotida aql bovar qilmaydigan voqealar yuz berdi. Amalga oshirilgan Oktabr toʻntarishini saqlab qolish uchun bolsheviklar butun ijtimoiy-siyosiy jarayonlar ustidan diktaturani, yaʼni alohida shaxslarning hokimiyatini taʼminlab beruvchi harbiy-siyosiy rejimni oʻrnatdilar. Bu rejim sobiq SSSR hududida qatagʻon siyosatini amalga oshirdi. Garchi Oktabr toʻntarishi 18—19-asrlarda shakllangan sotsialistik gʻoyalar bayrogʻi ostida amalga oshirilgan boʻlsada, aslida maqsad qanday qilib boʻlmasin davlatni qoʻlga olishga qaratilgan edi.
Bolsheviklar Oktabr toʻntarishidan keyin oldingi imperiyachilik siyosatini izchil davom ettirdilar. 20-asrning 2-yarmida esa imperiya chegarasini Gʻarbiy Yevropagacha yetkazdilar. Dunyoning ikki qutbga boʻlinish jarayoni boshlandi. Bu ja-rayon 20-asrning 80-yillarigacha davom etdi. Oktabr toʻntarishi insoniyat tarixiy taraqqiyotini butunlay teskariga burib yubordi. Jamiyat taraqqiyotini taʼminlovchi xususiy mulk, tadbirkorlik, savdo-sotiq, erkin harakat, shuningdek, erkin fikr avvaliga bir qolipga solindi, keyinroq butunlay taqiqlab qoʻyildi. Insoniyat yaratgan, tabiat inʼom etgan hamma narsalar davlat mulkiga aylantirildi. Sobiq Ittifoq hududidagi xalqlarning qadriyati asta-sekin yoʻqotila borildi. Yagona xalq, yagona oila, yagona til kabi sunʼiy qadriyatlar tiqishtirildi.
Tanqid
Xalqni, uning manfaatlarini nazarpisand qilmay, aslida xalq irodasiga qarshi amalga oshirilgan Rossiyadagi Oktabr toʻntarishi 20-asrdagi davlat terrorizmini boshlab bergan siyosiy voqea edi.
Manbalar
Adabiyotlar
uz.wikipedia.org
Sun'iy intellekt javobi:
Oktyabr to‘ntarishi (O‘zbek tilida "Oktyabr inqilobi") 1917-yilda Rossiyada bo‘lib o‘tgan siyosiy voqea bo‘lib, u Rossiyada Rossiya imperiyasining avtoritar hukumati qulashi va sobiq Rus imperatori hukmronligining o‘rnini Sovet hokimiyati egallashiga olib keldi. Bu inqilob, ayniqsa, ekin agrar va sanoat ishlab chiqarishidagi o‘zgarishlar, siyosiy erkinliklarning kengayishi va ijtimoiy adolat talabidagi kuchayish fonida yuzaga keldi.
Tarixi va muhim bandlari:
- Vaqti: 1917-yil 25-oktyabr (Gregorian taqvimi bo‘yicha 7-noyabr)
- Bosh qahramonlari: Vladimir Lenin va Bolsheviklar partiyasi
- Sabablar:
- I jahon urushining Rossiyaga keltirgan iqtisodiy va ijtimoiy qiyinchiliklari.
- Imperator Nikolay II hukmronligining zaiflashuvi va harbiy muvaffaqiyatsizliklari.
- Er va mehnatchilar o‘rtasidagi keskin ijtimoiy tengsizlik.
- Dumasining samarasizligi va siyosiy islohotlarni amalga oshira olmasligi.
Oqibatlari:
- Rossiyada avvalgi zirhli imperatorlik ruxsatsiz qulandi.
- Sovet hokimiyati tashkil topdi, va kommunistik davlat tizimi vujudga keldi.
- Rossiya fuqarolar urushi boshlandi (1917–1922), istiqbolda SSSR tashkil etildi.
- Dunyo bo‘yicha kommunistik harakatlarning kuchayishi va siyosiy iqlimning tubdan o‘zgarishi.
- Ko‘plab mamlakatlarda keyinchalik inqiloblar uchun namuna bo‘ldi.
Xususiyatlari:
Oktyabr to‘ntarishi, "bolshevik inqilobi" deb ham ataladi, chunki u Lenin boshchiligidagi Bolsheviklar tomonidan amalga oshirilgan. Bu jarayonda xalq dume va Kerenskii hukumati qulab tushdi. Sovet hokimiyati ta’minlandi va yerlarni dehqonlarga taqsimlash, sanoatni milliylashtirish kabi siyosatlar yo‘lga qo‘yildi.
Muhim manbalar:
- Lenin va Trotskiy asarlari
- O‘tgan asrning XX asr tarixiy kitoblari
- Rossiya inqilob tarixi bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar
Xulosa: Oktyabr to‘ntarishi faqat Rossiya tarixining emas, balki butun dunyo tarixining eng muhim voqealaridan biri bo‘lib, u iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy sohalarda katta o‘zgarishlarni keltirdi. Uning ta’siri XX asrda yuz bergan ko‘plab siyosiy jarayonlarga ta’sir ko‘rsatdi.