Oʻktam Umurzoqov
Oʻktam Pardayevich Umurzoqov (1952-yil 20-avgust, Toshkent, Oʻzbekiston SSR, SSSR) — oʻzbek olimi va Oʻzbekiston davlat arbobi, iqtisod fanlari doktori, texnika fanlari nomzodi. Professor. 2019-yil 10-oktabr — 2021-yil 26-iyul mobaynida — Respublika Oliy taʼlim kengashi raisi. 2017-yil 26-may — 2021-yil 26-iyul mobaynida —Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti rektori. 2019-yil 22-dekabr — 2021-yil 26-iyul mobaynida — xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati lavozimlarida ishlagan.
Biografiyasi
1952-yil 20-avgustda Oʻzbekiston SSR, Toshkent shahrida tugʻilgan. Otasi — Umurzoqov Parda Umurzaqovich, Zomin tuman qoʻmitasi birinchi kotibi, Samarqand viloyat komiteti ikkinchi kotibi Oʻktam Umurzoqov.
Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutini tamomlagan. Shu universitetda dekan, prorektor, birinchi prorektor, rektor lavozimlarida ishlagan.
2019-yil 10-oktabrdan Oliy taʼlim muassasalari Respublika kengashi raisi.
2019-yil dekabrdan xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati boʻlgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari — Umurzoqov Sardor Oʻktamovichning otasi.
Iqtisodiyot fanlari doktori, texnika fanlari nomzodi. Professor.
Mehnat faoliyati
1969—1974-yillar — TIQXMMI talabasi.
1974—1977-yillar — TIQXMMI „Mashinalarni taʼmirlash va ishonchliligi“ kafedrasi stajyor-oʻqituvchisi, kichik ilmiy xodimi.
1977—1980-yillar — TIQXMMI ilmiy-tadqiqot laboratoriyasining kichik ilmiy xodimi.
1980—1990-yillar — „Materialshunoslik va mashinasozlik“ kafedrasi assistenti, TIQXMMI ilmiy-tadqiqot laboratoriyasi mudiri.
1990—1992-yillar — TIQXMMI malaka oshirish fakulteti dekani.
1992—1996-yillar — Qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari tayyorlash markazi TIQXMMI prorektori.
1996—1999-yillar — TIQXMMI „Qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash“ fakulteti dekani.
1999—2004-yillar — TIQXMMI ilmiy ishlar va axborot texnologiyalari boʻyicha prorektor.
2004—2011-yillar — TIQXMMI oʻquv ishlari boʻyicha birinchi prorektori.
2011—2013-yillar — Oʻquv ishlari boʻyicha birinchi prorektor, TIQXMMI rektori v.b.
2013—2017-yillar — TIQXMMI rektori maslahatchisi, „Suv xoʻjaligi iqtisodiyoti“ kafedrasi professori.
2017—2021-yillar — TIQXMMI rektori.
2019—2021-yillar — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim Respublika kengashi raisi.
2019—2021-yillar — Toshkent shahar xalq deputatlari Kengashi deputati.
Manbalar
uz.wikipedia.org