Oksixinolin




Oksixinolin (oksin, 8-gidroksixinolin) — rangsiz, oʻziga xos hidli kristall modda. Mol. m. 145,15, suyuqlanish temperaturasi 75—76°, qaynash temperaturasi 266,6°. Spirt, atseton, xloroform, benzol, kislota va ishqorlarda eriy-di, suvda va efirda erimaydi. 40 dan ortiq kimyoviy elementlarni (mas, mis, rux, magniy va boshqalar) ajratish va aniqlashda, alyuminiy, rux, vanadiy va h.k. elementlarni kolorimetrik aniklashda qoʻllanadi. Baʼzi hosilalari fungitsidlar va antiseptiklar si-fatida ishlatiladi.

Manbalar






uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz