Oksitotsin




Oksitotsin (Oxytocinum), pitotsin — neyrogipofizial gormon; gipofiz orqa boʻlagi gormonlarnsan biri; 9 ta aminokislota qoldigʻidan tuzilgan siklik peptid. O. tuzilishi va taʼsiriga koʻra, boshqa neyrogipofiz gormoni — vazopressinga yaqin turadi. Bir kator tabiiy analoglari mavjud, sintetik yul bilan ham olinadi. Bachadon (ayniqsa, homilali bachadon) va sut bezining silliq muskullarini qisqartiradi. Dard tutishi susayganda, bachadondan atonik qon ketganda buyuriladi. Ampulalarda 1 ml dan chiqariladi.

Manbalar





uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz