Oksitaniya milliy madhiyasi




Se Canta (Oksitancha talaffuzi: [se ˈkantɔ]; mintaqaviy muqobil sarlavhalar: Se Chanta; Aqueras Montanhas) — Oksitaniya milliy madhiyasi hisoblanadi. Shuningdek, butun Oksitaniyada maʼlum boʻlgan juda qadimgi mashhur qoʻshiqdir. Afsonaga koʻra, uni Gaston III Febus (1331-1391), graf Foix va Baern yozgan.1993-yildan beri Aran vodiysida (Kataloniya, Ispaniyadagi komarka) Montanhes Araneses nomi bilan rasmiy maqomga ega. Madhiya 2010-yil 6-avgustdan beri „Tuluza“ futbol klubining rasmiy madhiyasi hisoblanadi.

Shuningdek, ushbu madhiya Aragonda (Ispaniya) Aqueras montanyas yoki Aqueras montañas kabi nomlar bilan mashhur boʻlib, aragon tilida kuylangan. U Aragon guruhi tomonidan tuzilgan.Se Canta koʻpincha butun Oksitaniyaning norasmiy madhiyasi sifatida qabul qilinadi va bu mintaqada yashovchi koʻpchilik odamlar oksitan tilida soʻzlashuvchi boʻlmasa ham, birinchi misra va xor soʻzlarini bilishadi.

2006-yil 10-fevralda Turindagi Qishki Olimpiya oʻyinlarining ochilish marosimi (L’Ange Gardien xori tomonidan) va 2003-yil 3-iyunda Fransiya Milliy Assambleyasida (Jan Lassal tomonidan, 2006-yil) kuylangan.

Se Canta tijoriy ravishda bir qator qoʻshiqchilar va guruhlar tomonidan ijro etilgan, ular orasida Lou Dalfin, Patric, André Dassary, Charé Moulâ, Calabrun (Germaniya davlatidan), Jean-Bernard Plantevin, Coriandre, Tòni de l’Ostal, Biella Nuei (Aragóndan), Crestian Almergue e lo Grop Tèst, Corrou de Berra and Dorothée kabi mashhur qoʻshiqchilar mavjud.

Matn



Qoʻshiq matni oksitan tilida yozilgan. Oʻn toʻrtta mavjud versiyaning barchasi quyidagi jadvalda transkripsiyalangan va tarjima qilingan. 2002-yil 9-fevralda, bir necha misralarda tilga olingan Nimes favvorasi yonidagi bodom daraxti shu hududga ekildi. Koʻpgina matnlar asl Febusian sheʼriga bogʻlangan boʻlsa-da, choʻpon va toʻy versiyalari umumiy ohangga nisbatan turli mavzularga ega. Qavslar orasida eshitilishi mumkin boʻlgan, lekin oddiy qoʻshiq matnining bir qismi boʻlmagan turli qoʻshimcha misralar mavjud.

Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz