Oklend (shahar)




Oklend — Yangi Zelandiyadagi shahar, Shimoliy orolda, Oklend yarim orolni Shimoliy orolning asosiy qismi bilan bogʻlab turuvchi boʻyinda joylashgan. Aholisi 1,1 mln. kishi (2000). Tinch okeanning Xauraki qoʻltigʻidagi muhim dengiz porti, yiliga 16 mln. t yuk ortib-tushiriladi. Chetga jun, goʻsht chiqaradi. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Oklend (shahar) stansiyasi. Mamlakatning muhim sanoat markazi (mamlakatdagi sanoat mahsulotining 1/ 3 kismi ishlab chiqariladi). Mashinasozlik (xususan, transport, qishloq xoʻjaligi, elektrotexnika mashinasozligi), metallsozlik, kimyo, toʻqimachilik, koʻn-poyabzal, oziq-ovqat sanoati korxonalari mavjud. Universitet (1882) sanʼat galereyasi, maoriylar sanʼati muzeyi bor.

Manbalar






uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz