Okan Yılmaz
Okan Yilmaz (1978-yil 16-mayda tugʻilgan) — turkiyalik professional futbolchi. Turkiyaning bir nechta gigant klublari safida maydinga tushgan. Turkiyani xalqaro maydonda 21 yoshgacha boʻlgan futbolchilar hamda kattalar terma jamoalarida himoya qilgan.
Ilk faoliyat yillari
Yilmaz 1988-yildan boshlab „Karayollari Yolspor“ jamoasida futbol oʻynay boshlagan. Uning professional faoliyati 1996-yilda „Inegölspor“ jamoasida boshlangan. Oradan ikki yil oʻtib, 1998-yilda u Bursasporga koʻchib oʻtgan. Yilmaz faoliyatining eng ogʻir vaqtini Bursa klubida oʻtkazgan va ikki marta (2001 va 2003) urilgan gollar soni boʻyicha Superligada yetakchilik qilib peshqadamlikni hech kimga bermagan. 2003-yilda unga Rossiyaning CSKA Moskva va Marselning "Olympique de Marseille " klublari qiziqish bildirishgan. Transfer narxi Bursaspor jamosi tomonidan qabul qilingan, ammo Okan Yilmaz shartnoma shartlariga rozi boʻlmagan.
Xalqaro faoliyati
Okan Yilmaz xalqaro faoliyatini 2000-yilda Turkiya U-21 terma jamoasi tarkibida boshlagan. U 2003-yilda Turkiya kattalar terma jamoasi tarkibdan chaqiruv olgan, ammo 2004-yildan beri biror marta Turkiya terma jamaoasiga boshqa chaqirilmagan. U terma jamoa safida sakkizta oʻyinda maydonga tushib beshta golga mualliflik qilgan, shuningdek, 2003-yilgi FIFA Konfederatsiyalar kubogida uchinchi oʻrinni egallagan jamoaning asosiy tarkib oʻyinchilaridan biri boʻlgan. Yarim finalda Fransiyaga qarshi oʻyinda Yilmaz penaltidan hisobni tenglashtirish imkoniyatiga ega boʻlgan, ammo penaltidan unumli foydalana olmagan va natijada Turkiya 3:2 hisobida magʻlub boʻlib va uchinchi oʻrin uchun kurashishga majbur boʻlgan. Uchunchi oʻrin uchun bahsda ular gʻalaba qozonishgan.
Yutuqlar
Turkiya
Shaxsiy yutuqlar
Faoliyat statistikasi
Klub
Xalqaro
Manbalar
uz.wikipedia.org