Okan Aydın




Okan Aydın (Turkcha: [oˈkan ajˈdɯn], 1994-yil 8-mayda tugʻilgan) — professional futbolchi, Avstriyaning TSV Hartberg klubida hujumchi sifatida oʻynaydi. Germaniyada tugʻilgan, Turkiya terma jamoasi sobiq aʼzosi.

Klublardagi faoliyati



2012-yilda Aydın Bayer 04 Leverkuzenga yoshlar safidan oʻtdi va 2012-yilning oktyabr oyida „Mainz 05“ bilan 2:2 hisobidagi durang oʻyinda Simon Rolfes oʻrniga maydonga tushib Bundesligada debyut qildi. 2013-yilning 6-sentyabrida „Eskişehirspor“ga uch yillik shartnoma asosida kelib qo‘shildi. Turk klubida oʻzini koʻrsata olmagani va 2013—2014-yilgi mavsumda atigi bir marta maydonga tushganidan soʻng, Okan Germaniyaga qaytib keldi va 3.Liga vakili FC Rot-Weiß Erfurttaga qoʻshildi. U yerda Okan ikki yillik uzaytirish bandi bilan bir yillik shartnoma imzoladi.

2020-yil sentabr oyida Okan Avstriyaning Klagenfurt klubidan Xitoyning birinchi ligasi vakili Jiangxi Liansheng FCga o‘tdi.

2022-yilning 14-yanvarida Okan Avstriya Futbol Bundesligasida TSV Hartberg bilan 1,5 yillik shartnoma imzoladi.

Terma jamoadagi faoliyati



Aydın 2013-yili 19 yoshgacha boʻlgan Turkiya milliy terma jamoasi safida Turkiyaning Mersin shahrida boʻlib oʻtgan Oʻrta yer dengizi oʻyinlarida kumush medalni qoʻlga kiritdi. U 2013-yilda 19 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi Yevropa chempionatida Turkiyani himoya qilgan. Aydin, shuningdek, 2011-yilgi U17 Jahon chempionatida Germaniya safida boʻlgan. Jamoa yarim finalda yakuniy chempion va mezbon Meksikaga qoʻshimcha vaqtdagi dramatik oʻyinda magʻlub boʻldi. Germaniya uchinchi oʻrinni oldi.

Shaxsiy hayoti



Aydınning ukasi Anıl Aydın ham professional futbolchi.

Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz