Oiz Qarniy
Shayx doktor
Oiz ibn Abdulloh Qarniy ( arabcha: عائض بن عبد الله القرني Saudiyalik musulmon olimi, yozuvchisi, jamoat arbobi hisoblanadi. Oiz Qarniy 1959-yil 1-yanvarda Balkarn viloyatining Shurayh qishlog‘ida tug‘ilgan, bu hijriy 1379-yilga to‘g‘ri keladi. Imom Muhammad bin Saud nomidagi Islom universitetining Din asoslari fakultetini tamomlagan. So‘ngra 1408-hijriy yili Imom universitetida payg‘ambar hadislari bo‘yicha magistrlik, so‘ngra hijriy 1423-yilda Imom universitetida doktorlik darajasini oldi. Oiz Qarniy Imom Muhammad bin Saud islom universitetida 7 yil davomida Payg‘ambarimiz hadislaridan dars bergan.
Oiz Qarniy musulmonlarga ham, musulmon bo‘lmaganlarga ham mo‘ljallangan “La Tahzan ” (Mahzun bo'lma) nomli kitobi bilan mashhur.
Oiz Qarniy Qo'shma Shtatlarga kirishi bekor qilinganlar ro'yxatiga kiritilgan hamda 2012-2015 yillarda Chikagodagi konventsiyaga kirishi taqiqlangan.
Kitoblar va sheʼriy toʻplamlar
Yana qarang
Manba
Tashqi manbalar
uz.wikipedia.org