Oila (biologiya)




Oila (Familia) — biol. sistematikasida taksonomik kategoriya. Tuzilishi va kelib chiqishiga koʻra, bir-biriga yaqin boʻlgan urugʻlar (oʻsimliklarda turkumlar)ni birlashtiradi. Mushuksimonlar O.si mushuklar, qoplonlar, ge-pardlar urugʻini hosil qiladi. Ayrim O.lar juda koʻp, boshqalari ozroq tur-kumlarni oʻz ichiga oladi. Masalan, qoqidoshlar 1000 ga yaqin, anordoshlar 1 ta turkumdan tashkil topgan. O.ning lotincha nomi tipik urugʻning lotincha nomiga idae (zoologiya va vi-rusologiyada) va aseaye (botanika, mikologiya, bakteriologiyada) qoʻshimchasini qoʻshish orqali hosil qilinadi. Yirik O.lar baʼzan kenja O., tribalar va kenja tribalarga ajratiladi. Kenja O.ning lotincha oti urugʻ otiga inae qoʻshilishidan hosil boʻladi. Oʻzaro yaqin O.lar zoologiyada turkumlarga yoki botanikada tartiblarga birlashtiriladi.

Manbalar






uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz