Oi u luzi chervona kalyna




Oi u luzi chervona kalyna (ukraincha: Ой у лузі червона калина - Oi u luzi chervona kalyna, O'zbekcha: Oh, oʻtloqdagi qizil viburnum) — Bogdan Xmelnitskiy davridagi Ukraina vatanparvarlik marshi, birinchi marta 1875-yilda Vladimir Antonovich va Mixaylo Draxomanov tomonidan kuylangan. 1914-yilda bastakor Stepan Charnetskiy tomonidan milliy gʻurur va xotira kuniga bagʻishlangan zamonaviy versiyasi yozib chiqiladi. Birinchi jahon urushidagi Sich Riflemen harakati, keyinchalik esa Ukraina mustaqillik urushining Ukraina xalq armiyasi va Ikkinchi jahon urushi davridagi Ukraina qoʻzgʻolonchilar armiyasi tomonidan milliy qoʻshiq sifatida qabul qilingan edi. Ushbu qoʻshiqning koʻplab versiyalari va coverlari mavjud.

Qoʻshiqdagi qizil viburnum (ukrain tilida kalyna) — toʻrt-besh metr balandlikda oʻsadigan bargli, butasimon oʻsimlik boʻlib, u butun Ukrain xalqining folklorida foydalaniladigan eng mashhur obyekt hisoblanadi.

Tarix




Qoʻshiq Ukraina xalqining mustaqillikka intilishi bilan bogʻliqligi tufayli, Ukraina Sovet Respublikasi mavjud boʻlgan davrda (1919-1991) qoʻshiqni kuylash taqiqlangan edi. Shunga qaramay, uni Ukraina vatanparvarlari qonunga boʻysunmay kuylab kelishadi. U davrda kimda kim bu qoʻshiqni aytgan boʻlsa, qamoqqa tashlangan, kaltaklangan va hatto surgun qilinadi.

2022 yilda Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi




2022-yilning mart oyida qo‘shiqning birinchi misrasini kuylagan Ukrainaning BoomBox guruhining aʼzosi Andriy Khlyvnyukning ijrosi aks etgan Instagram videosi qilinganida soʻng qo‘shiq xalqaro eʼtiborni qozonadi va butun dunyo bo‘ylab turli sanʼatkorlar tomonidan remiks qilinadi. Valentina Kuzik yaratilayotgan yangi versiyasidagi oʻzgarishlarni yuksak eʼtirof etib oʻtgan edi.

24-fevralda Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi boshlangan vaqtda BoomBox AQShda gastrol safarida edi. Bosqinga javoban, Andriy Khlyvnyuk qurolli kuchlarga qoʻshilish maqsadida Ukrainaga qaytish uchun konsert muddatini qisqartirdi. U Ukrainaning Kiev shahridagi Sofiya maydoni yaqinida harbiy kiyimlarni kiyib olgan holda videoni yozib oladi va 27-fevral kuni Instagram’dagi akkauntiga yuklaydi va u yerda virus kabi tez tarqalib ommalashib ketadi.

Xlyvnyukning remiks qilgan birinchi sanʼatchi mart oyining boshida janubiy afrikalik musiqachi The Kiffness boʻlgan edi. Oʻsha oyning oxirida ukrainalik muz raqqosalari Oleksandra Nazarova va Maksym Nikitin 2022 yilgi figurali uchish boʻyicha jahon chempionatida Rossiyaning bosqinchiligiga norozilik belgisi sifatida qoʻshiqni ijro etishdi.

2022-yil aprel oyida Pink Floyd Xlyvnyukning "Hey, Hey, Rise Up! " vokal treki uchun yozuvidan foydalanadi va videoni guruh Ukrainaga gumanitar yordam ko‘rsatish uchun chiqaradi. Videoda Xlyvnyukning chiqishi guruhning orqasida, ular ijro etayotgan paytda aks ettirilgan va qisman toʻliq ekranlarda koʻrsatilgan edi. Qoʻshiq Veryovka Ukraina xalq xorining „Oh, qizil viburnum …“ boshqa yozuvidan namuna bilan ochiladi.

Oʻshandan beri YouTubeʼda yangi versiyalar paydo boʻlmoqda hatto original remiksning remikslari ham kuylanmoqda.

Qoʻshiq soʻzlari




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz