Ohiy




Ali Ohiy Mashhadiy (15-asr, Mashhad) – fors-tojik shoiri. Nomi “Majolis un-nafois”ning birinchi majlisida tilga olinadi. Alisher Navoiy uning “Xamsa”ga javoban bir necha masnaviy bitganligini, lekin shuhrat qozonmaganligini aytib, “Xayol va visol” dostonidan bir bayt keltiradi:

Sheʼre, ki buvad zi nukta soda,
Monad hama umr yak savoda.

(Mazmuni: Nozik maʼnodan xoli sheʼr shunchaki bir qoralama boʻlib qoladi).

Bobur uning devon sohibi ekani, umrining oxirida koʻp vaqt ibn Husayn Mirzoning qoshida boʻlgani haqida maʼlumot beradi.

Manbalar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz