Ohangaron Tumani




Ohangaron tumani (1939-yilgacha Qurama tumani) — Toshkent viloyatidagi tuman. 1929-yil 29-sentyabrda tashkil etilgan. 1957-yilda Oʻrta Chirchiq va Toshkent tumanlari tarkibiga qoʻshilgan. 1971-yil 31-avgustda qayta tashkil etildi. Shimolida Yuqori Chirchiq, Parkent, Boʻstonliq tumanlari, sharqdan Namangan viloyati, janubidan Tojikiston Respublikasi, janubi-gʻarbdan Piskent tumani va gʻarbdan Oʻrta Chirchiq tumani bilan chega-radosh. Maydoni 3,19 mingkm². Aholisi 78,1 ming kishi (2002). Ohangaron tumanida 1 shahar (Ohangaron), 8 qishloq fuqarolari yigʻini (Birlik, Doʻstlik, Ozodlik, Susam, Telov, Uvak, Qoraxitoy, Qurama) bor. Markazi — Ohangaron shahri

Tabiati. Tuman hududi janubi-sharqda Qurama, shimoliy va shimoli-garbda Chatqol togʻ tizmalari oʻrtasidagi vodiyda joylashgan. Bu togʻ tizmalari Kamchiq dovonit birlashadi. Togʻlardan tushayotgan soylar yon bagʻirlarini yuvib, adirlar hosil qilgan.

Foydali qazilmalardan qoʻngʻir kumir (Angren, Obpartak, Choʻchqabuloq, Jigariston), mis, rux, molibden, oltin (Qoʻshbuloq, Qizilolma, Novgarzon, Oltintopgan), flyuorit (Gushsoy), alunit (Okcha, Novgarzon), feruza (Ungurlikon, Objazsoy), qurilish materiallari bor. Oʻtga chidamli tuproq, qum, shagʻal, ohaqtoshning zaxiralari katta.

Iqlimi kontinental, yanvarning oʻrtacha temperaturasi —3°, —5°, iyulniki 22°—26°. Yillik yogʻin 220-280 mm. Ohangaron vodiysida tezligi 5-10 m togʻ-vodiy shamoli esadi. Vegetatsiya davri 180 kun. Tuman hududidan Ohangaron daryosi va uning irmoqlari (Beshkoʻl, Irtosh, Koʻksaroy, Chetsuv, Chinor, Qorabogʻ, Oqcha, Shovvoz, Novgarzon, Gushsoy va boshqalar) oqib oʻtadi. Tumanning shimoli-gʻarbidagi xoʻjaliklar Chirchikdan boshlanuvchi Hamdam va Parkent kanallaridan suv oladi. Daryo ka-yirlarida oʻtloqi va oʻtloqi-botqoq tuproq, adirlarda tipik boʻz tuproq (chirindisi 15—26%), togʻ etaklarida toʻq boʻz tuproqlar tarqalgan. Tuman yovvoyi oʻsimlik va hayvonot dunyosiga boy. Adirlarda efemer va efemeroidlar koʻp. Qoʻngʻirbosh, rang, oqquray, qoʻziquloq va tabobatda ishlatiladigan 8 turdagi togʻ giyohlari usadi. Togʻ etaklari va yon bagʻirlarida archa, yongʻoq, pista, togʻolcha, doʻlana, olma koʻp. Qushlardan tustovuq, soʻfitoʻrgʻay, chugʻurchiq, kaklik, kaptar, burgut, kal-xat, qarchigʻay, zargʻaldoq, bulbul, qizilishton, popushak, saʼva va boshqa bor. Sut emizuvchilardan koʻrsichqon, yumron-qoziq, sassiqkoʻzan, suvsar, kiyik, arhar (togʻ qoʻylari), chiyaboʻri, tulki, boʻri, quyon, boʻrsiq, tipratikan, qobon koʻp, baʼzan ayiq uchraydi. Sudraluvchilardan kaltakesaklar, har xil ilon, hasharotlardan qorakurt va boshqa mavjud.

Aholisi, asosan, oʻzbeklar, shuningdek tojik, qozoq, qirgʻiz, rus, tatar, ukrain va boshqa millat vakillari yashaydi. Aholining oʻrtacha zichligi 1 km² ga 24 kishi. Shahar aholisi 34,7 ming kishi, qishloq aholisi 43,4 ming (2002).

Tumanda 4 ta qoʻshma korxona, 165 xususiy firma, ak-siyadorlik, masʼuliyati cheklangan jamiyat va kichik korxonalar mavjud. Ohangaron tumanida 6 shirkat, 3 yordamchi, 1 ja-moa, 526 fermer xoʻjaliklari bor. Qishloq xoʻjaligida gʻallachilik yetakchi oʻrinda, bogʻdorchilik, chorvachilik, polizchilik bilan ham shugʻullaniladi. Jami ekin maydoni 26,04 ming ga. Shundan 12,5 ming ga yerga boshokli don, 249 ga maydonga poliz ekinlari ekiladi. 1625 ga pichanzor va 66,8 ming ga yer yaylov. Ugom-Chatqol milliy tabiat bogʻiga qarashli Oqangaron oʻrmon xoʻjaligi bor.

Tuman jamoa va shaxsiy xoʻjaliklarida 25,7 ming qoramol, 98,7 ming qoʻy va echki, 154,8 ming parranda boqila-di (2003).

Ohangaron tumanida 53 umumiy taʼlim maktabi (18,2 ming oʻquvchi), qishloq xoʻjaligi va iqtisodiyot kasb-qunar kolleji (245 oʻquvchi), 8 klub, musiqa maktabi, 28 kutubxona (333 ming kitob), 42 sport maydoncha-si, 3 yodgorlik monumenti mavjud.

Markaziy kasalxona, 14 qishloq vrachlik punkti, 14 feldsher-akusherlik punkti, 3 qishloq vrachlik ambulatoriyasi, 3 dorixona faoliyat koʻrsatadi.

Tuman hududidan Toshkent—Angren temir yoʻl va Toshkent—Qoʻqon—Oʻsh—Qashqar xalqaro aqamiyatga ega boʻlgan avtomobil yoʻli oʻtgan.

Umumiy yoʻllar uz. 205 km boʻlib, bu yoʻllardan Toshkent—Angren, Toshkent—Yangiobod, Angren—Boʻka, Angren — Bekobod, Olmaliq — Chirchiq, Oxangaron — Olmaliq, Olmaliq — Toʻytepa, Ohangaron — Nurobod, Ohan-garon — Tut yoʻnalishlari boʻyicha avtobuslar qatnaydi.

Tumanda 1932-yildan „Oxangaron“ (avvalgi „Qurama haqiqati“) gaz. chiqariladi.

Manbalar





uz.wikipedia.org

Sun'iy intellekt javobi:

Ohangaron tumani — O‘zbekistonning Toshkent viloyatiga qarashli tumanlardan biridir. Tumanning markazi — Ohangaron shahridir.

Geografik joylashuvi
Ohangaron tumani Toshkent viloyatining sharqiy qismida joylashgan. U tog‘li hududlar bilan qoplangan bo‘lib, markazdan biroz sharqda Ohangaron tog‘ tizmasi joylashgan. Tumanning geografiyasi tabiiy go‘zalliklar, tog‘lar, o‘rmonlar va daryolar bilan boyitilgan.

Tarixi
Ohangaron tumani tarixan qadimdan yashab kelayotgan hududdir. Bu yerda qadimiy yodgorliklar, arxeologik joylar ham mavjud. Sovet davrida tumanning iqtisodiyoti rivojlangan bo‘lib, temir sanoati va tog‘ konchilik sohalari rivojlangan.

Iqtisodiyoti
Tumanning iqtisodiyotida sanoat ahamiyatga ega. Bu yerda metallurgiya, tog‘ konchiligi, qurilish materiallari ishlab chiqarish sohalari rivojlangan. Qurilishda yog‘och va boshqa tabiiy resurslardan foydalaniladi. Qishloq xo‘jaligi ham muhim bo‘lib, asosan paxta, bug‘doy, sabzavotlar yetishtiriladi.

Aholisi
Ohangaron tumanining aholisi ko‘pchilik o‘zbeklardan iborat bo‘lib, shuningdek, boshqa millat vakillari ham yashaydi. Aholi soni yil sayin oshib boradi, tuman markazida shahar va qishloq joylarida aholi yashaydi.

Madaniy hayoti
Ohangaron tumani madaniyati va urf-odatlari O‘zbekistonning umumiy an’analari bilan chambarchas bog‘liq. Ushbu hududda yillik festivallar, xalq san’ati va hunarmandchilik rivojlangan. Balog‘at yoshidagi yoshlarga maxsus madaniy tadbirlar tashkil etiladi.

Transport va infratuzilma
Tumanda yo‘l tarmoqlari rivojlangan bo‘lib, Ohangaron shahrini Toshkent va boshqa viloyatlar bilan bog‘lovchi avtomobil yo‘llari mavjud. Ijtimoiy sohada maktablar, shifoxonalar, kutubxonalar faoliyat yuritadi.

Umuman olganda, Ohangaron tumani tabiiy resurslarga boy, sanoati rivojlangan, aholisi mehnatkash va madaniyati boy hududdir. U Toshkent viloyatining muhim iqtisodiy va madaniy markazlaridan biri hisoblanadi.



Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz