Oglaxti




Oglaxti — Toshtiq madaniyatita mansub qabriston (miloddan avvalgi 1-asr -milodiy 1-asr). Yenisey daryosi boʻyidagi Oglaxti tori etagida joylashgan. 1903-yil A. V. Adrianov, 1969—70 yillarda L. R. Kizlasov tomonidan oʻrganilgan. Kabrlar ustidagi beresta ustunlar, moʻyna, ipak va jundan tikilgan kiyimlar, qalpoqlar, oyoq kiyimlari va boshqa yaxshi saklanib qolgan. Qabrlarga gips boʻyoqli maskalar (niqoblar) kiydirib mumiyolangan mayyitlar koʻmilgan. Mayyitlar yoniga idish-tovoq, shuningdek, kichik hajmdagi shamshirlar, xanjarlar, sadoqlar, oʻqyoylar, jez qozonchalar va boshqa qoʻyilgan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz