O‘g‘iz jirov




Oʻgʻiz jirov — Xoʻjambergan Niyoz oʻgʻli (1884, Qoraqalpogʻiston, Chimboy tumani Qayshili qishlogʻi — 1954) — qoraqalpoq xalq baxshisi, jirovi, "Alpomish" dostonining mohir kuychisi. Undan yozib olingan "Alpomish" dostoni Moskva (1937) va Toʻrtkoʻlda (1941) nashr qilingan. Oʻgʻiz Jirov dostonchilikni Bekimbet jirovdan oʻrgangan. Ocharchilik yillarida (1916) Xorazmning Qizilchali qishlogʻiga koʻchib kelgan. Qipchoq, Mangʻit, Gurlan, Urganch shahrilarida yurib, koʻp yillar dostonchilikqilgan. 1930-yil Chimboyga qaytgan.

uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz