Og‘irlik Kuchi




Ogʻirlik kuchi - Yer sirti yaqinidagi istalgan moddiy zarraga taʼsir etuvchi kuch. Ogʻirlik kuchi Yer aylanishidan vujudga keladigan markazdan qochma kuch bilan Yer tortish kuchining teng taʼsir etuvchisiga teng. Markazdan qochma kuch Yer ekvatorida eng katta qiymatga ega boʻlib, Ogʻirlik kuchining 1/288 qismiga teng. Shu tufayli, Yer sirtidagi Ogʻirlik kuchi Yerning shakli va oʻlchamiga, joyning geografik kengligiga bogʻliq. Ogʻirlik kuchining yoʻnalishi Yer sirtidagi joyning vertikali hisoblanadi. Biror kichik maydondagi (yaʼni Yer sirtining bir necha km² dagi) Ogʻirlik kuchi yoʻnalishlarini oʻzaro parallel desa boʻladi; demak, Yer sirtiga tik yoʻnalgan va mg ga teng boʻlgan Ogʻirlik kuchi bir jinsli kuch maydonini hosil qiladi (t — Yerga tortilayotgan zarra massasi, g — Ogʻirlik kuchi tezlanishi).

Manbalar






uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz