Ogayo (daryo)




Ogayo yoki Ohayo (inglizcha: Ohio) — AQShdagi daryo, Missisipi daryosining chap irmogʻi. Uz. 1580 km, havzasining maydoni 528,1 ming km². Appalachi togʻlaridan boshlanib, Appalachi platosi va Markaziy tekisliklardan oqadi. Asosiy irmoklari: Kentukki, Kamberlend, Tennesi (chapdan). Oʻrtacha suv sarfi 8000 m³/sek. Qor va yomgʻirdan suv oladi. Yilning sovuq mavsumida toʻlib oqadi, avgust— sentabrda sayozlanib qoladi. Daryo deyarli hamma qismida shlyuzlangan va kema katnay-di (Luisvill shahri yaqinidagi serostona qismida parallel ravishda kanallar qurilgan). Yirik GESlar bor. O. soqilida Pitsburg, Sinsinnati, Luisvill shaharlari joylashgan.

Manbalar





uz.wikipedia.org

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz