Ogʻaxon




Ogʻaxon — ismoiliylarning nizoriylar firqasi boshligʻining unvoni. 19-asrning 1-yarmidan shu nom bilan atash odatga aylangan. Nizoriylar firkasining hozirgi imomi, Ali va Fotimaning avlodi hisoblanadigan Karim shoh O. unvonini olgan kishilarning toʻrtinchisidir. U 1957 yil imomatni qabul qilgan. Uning Hindiston va Keniyada joylashgan qarorgohidan tabligʻchilar joʻnatib turiladi, bu tabligʻchilar nizoriylar taʼlimotini (ayniqsa, Afrikada faollik koʻrsatib) targʻib qilish bilan shugʻullanadilar. Hozirgi vaqtda nizoriylar jamoasi (baʼzi mamlakatlarda ularni hoʻjalar yoki ogʻaxoniylar deb atashadi) Osiyo va Afrikaning 20 dan ortiq mamlakatida (xususan, Afgʻoni-ston shimoli — Badaxshonda) mavjud.

Manbalar






uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz