Ogava (Nagano)




Ogava (yaponcha: 小川村 Ogava-mura?) Yaponiyaning Nagano prefekturasida joylashgan qishloq. 2019-yil 1-aprel holatiga koʻra, qishloqda 1074 ta xonadonda 2585 nafar aholi istiqomat qilgan va aholi zichligi har kvadrat kilometrga 44 kishidan toʻgʻri keladi. Qishloqning umumiy maydoni 58,11 kvadrat kilometr (22,44 mi²) ni tashkil etadi. Ogava Yaponiyadagi eng goʻzal qishloqlar roʻyxatiga kiritilgan.

Geografiyasi



Ogavabqishlogʻi Nagano prefekturasining shimoli-gʻarbiy qismida, togʻlar orasida joylashgan.

Atrofdagi munitsipalitetlar




Iqlimi



Qishloq nam kontinental iqlimga ega boʻlib, qisqa kechadigan issiq va nam yoz hamda sovuq qish faslida kuchli qor yogʻishi bilan tavsiflanadi (Köppen iqlim tasnifi Cfa). Ogavada oʻrtacha yillik harorat 10,3 °C ni tashkil etadi. Yillik oʻrtacha yogʻin miqdori 1273 mm boʻlib, sentyabr esa eng seryogʻin oy hisoblanadi. Avgustda eng yuqori harorat 23,8 °C, eng past harorati esa yanvarda, −2,3 °C atrofida boʻladi.

Demografiyasi



Yaponiya aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra, Ogava aholisi soni 1950-yildagi eng yuqori choʻqqiga nisbatan toʻrtdan uch qismdan koʻproqqa kamaygan.

Tarixi



Hozirgi Ogava hududi qadimgi Shinano provinsiyasining bir qismi boʻlgan. Kita-Ogava va Minami-Ogava qishloqlari 1889-yil 1-aprelda zamonaviy munitsipalitetlar tizimining oʻrnatilishi bilan yaratilgan. Ikki qishloq birlashib, 1955-yil 1-aprelda Ogava qishlogʻini tashkil qilgan.

Iqtisodiyoti



Ogava iqtisodiyoti qishloq xoʻjaligi, birinchi navbatda sholi yetishtirish va bogʻdorchilikka asoslanadi.

Taʼlim tizimi



Ogavada qishloq hukumati tomonidan boshqariladigan bitta davlat boshlangʻich maktabi va bitta davlat oʻrta maktabi faoliyat yuritadi. Qishloqda yuqori maktab mavjud emas.

Transporti



Temir yoʻl



Ogavada yoʻlovchi temir yoʻl xizmati mavjud emas.

Magistral yoʻl




Mahalliy diqqatga sazovor joylar




Galereya




Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz