Ogahiy nomidagi Xorazm viloyat musiqali drama teatri
Xorazm teatri , Ogahiy nomidagi Xorazm viloyat musiqali drama teatri — Oʻzbekistondagi koʻhna teatrlardan biri. 1922-yil 22-aprel „Hukumat uyi“ nomi bilan Hamza boshchiligida tashkil boʻlgan. Yetuk sanʼatkor Masharif Polvonov rahbarligida teatr poydevorini yaratgan 12 kishidan iborat (Safo Mugʻanniy, Q. S. Saroymonov, U. Qurboniy, R. Yusupov, O. Bekchurina, M. Yoqubov (Sheroziy), Q. Qutliyev, M. Xarratov, Sh. Saloyev, J. Qalantarov va boshqalar) truppa oʻz faoliyatini kichik asarlar sahnalashtirishdan boshlagan. Hamza oʻz asarlari asosida sahnalashtirgan „Boy ila xizmatchi“, „Tuhmatchilar jazosi“, „Zaharli hayot“, „Fargʻona fojialari“, „Qarmoq“, „Telefon“, Mannon Uygʻurning „Turkiston tabibi“, Gʻulom Zafariyning „Erk bolalari“ kabilar teatrda qoʻyilgan ilk spektakllar boʻlib, bosh rollarni Masharif Polvonov, Yoqub Devonov, Oysha Bekchurina, Xanskiy, Xanskaya singari aktyorlar ijro etganlar. 1933-yil Xorazm markazi Urganchga koʻchirilishi munosabati bilan teatr ham Urganchga koʻchirilib, Xorazm okrug davlat musiqali drama teatri nomini olgan. Respublikaning turli viloyatlaridan isteʼdodli sanʼatkorlar jalb etildi. M. Sheroziy, R. Omonov, K. Rahimov, Q. Iskandarov, Q. Boyjonov, M. Safoyev, O. Xudoyorova, M. Xudoyorov, S. Devonov, S. Hojiyeva, O. Roʻzmetova, R. Musayev, S. Musayeva, V. Fayozov, O. Qoriyeva, 3. Qobulov, Tamaraxonim, A. Turdiyev, Oxunjon sizits, S. Olimov, Sh. Ramazonov va boshqa shular jumlasidan. Ikkinchi jahon urushi yillari teatr jamoasi harbiy qismlarga xizmat qildilar. Urushdan keyingi yillar M. Sheroziy, H. Boltayev, K. Otaniyozov, V. Fayozov, Q. Boyjonov, N. Boltayev, N. Yusupova, S. Rahimova, S. Devonov, M. Raximov, 3. Gʻafforova, R. Otajonova, R. Boyjonova, M. Yusupovdek sanʼat atkorlar teatrni yuksak pogʻonalarga koʻtardilar. „Makr va muhabbat“, „Layli va Majnun“, „Farhod va Shirin“, „Tohir va Zuhra“, „Alpomish“, „Oshiq Gʻarib va Shohsanam“, „Hamlet“, „Qaroqchilar“, „Monserro“ va boshqa 50—60ylar yaratilgan eng yaxshi spektakllardir. 70—80-yillar teatrda yuksalish davri boʻldi. 3. Qobulov, A. Muhamedov, H. Islomov, H. Appanov, I. Niyozmatov singari malakali rejissyor lar dolzarb va badiiy toʻlaqonli asarlar saxnalashtirdilar. Istevdodli yosh ijodkorlar teatr jamoasiga kelib qoʻshildi. „Kechikkan sevgi“ (A. Ostrovskiy), „Mindaugas“ (Marsinkyavichus), „Hijron“ (S. Rahmon), „Beruniy“ (Uygʻun), „Ibn Sino“ (Shalomayev), „Oltin devor“ (E. Voxidov), „Qaroqchilar“ (F. Shiller), „Ajdodlar qilichi“ (E. Samandarov) kabi spektakllar shu yillar mahsulidir.
Mustaqillik davrida
Mustaqillik yillari teatr Xorazm ijodkorlari bilan yaqindan hamkorlik qilishi uning ijodiy ravnaqiga ijobiy samarasini berdi. N. Solayev, Q. Matrizayev, Hayitmat Rasul asarlari teatr repertuarini boyitibgina qolmay, uning ijodiy takomillashuviga katta hissa boʻlib qoʻshildi. Komil Avazning „Marvarid taqqan ayol“, „Feruz“, „Ogahiy“ musiqali dramalari, „Jobbi jujakning hiylasi“, „Tashkildagi hangoma“, „Javohir“, „Tili asalim“, „Nilufar“, „Javlon jurra“ komediyalari; „Avesto — mehr farzandi“ spektakli soʻnggi yillar sahnalashtirilgan eng yaxshi spektakllardir. Teatrga turli yillarda M. Polvonov, S. Saroymonov, 3. Qobulov, X. Appanov, H. Islomov, I. Niyozmatovlar bosh rej.lik, L. Abdullayeva, O. Ollaberganov, S. Qodirov, P. Kichkolar bosh rassomlik, A. Otajonov, H. Bobojonovlar bosh dirijyorlik, N. Shabanov, 3. Gʻafforovalar bosh baletmeysterlik qilib keldilar.
Hozirgi kunda (2023) G. Raximova, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artistlardan K. Tojiboyev teatrning yetakchi aktyorlaridir. Teatrning bosh rejissyor i — A.Otajanov, bosh rassomi —Oʻ.Alimova faoliyat yuritib keladi.
Yana qarang
Manbalar
uz.wikipedia.org
Sun'iy intellekt javobi:
Ogahiy nomidagi Xorazm viloyat musiqali drama teatri — Xorazm viloyatining poytaxti Urganch shahrida joylashgan mashhur madaniyat maskanidir. Ushbu teatr O‘zbekistonning madaniy hayotida muhim o‘rin tutadi va musiqali drama janrida sahnaga qo‘yiladigan spektakllar bilan tanilgan.
Teatr nomi taniqli o‘zbek shoiri va gazetachisi Agahiyning nomi bilan atalgan, u o‘zining adabiyot va madaniyat sohasidagi xizmatlari bilan xalqning qalbida chuqur iz qoldirgan shaxs hisoblanadi. Ogahiy nomidagi Xorazm viloyat musiqali drama teatri o‘zining boy repertuari, professional aktyorlari va yuqori mahorat bilan ijro etiladigan spektakllari bilan mashhurdir.
Bu teatrda asosan o‘zbek xalqining an’anaviy va zamonaviy dramaturgiyasi, tarixiy mavzular, sevgi va jamiyat muammolarini yorituvchi spektakllar sahnalashtiriladi. Shu bilan birga, xalq kuy-qo‘shiqlari, milliy raqslar va boshqa madaniy elementlar teatrning asosiy repertuarida muhim o‘rin egallaydi.
Ogahiy nomidagi Xorazm viloyat musiqali drama teatrining maqsadi nafaqat tomoshabinlarni ko‘ngil ochish, balki ularni madaniy-ma’rifiy jihatdan boyitish, milliy an’analar va qadriyatlarni asrab-avaylashdir. Teatr muntazam ravishda yangi asarlar yaratib, yosh ijodkorlarni qo‘llab-quvvatlash bilan shug‘ullanadi.
Umuman olganda, Ogahiy nomidagi Xorazm viloyat musiqali drama teatri Xorazm va butun O‘zbekiston madaniyatining yorqin yulduzlaridan biri sifatida e’tirof etiladi.