Ogahiy nomidagi ijod maktabi
Ogahiy nomidagi ijod maktabi Xorazm viloyati Xiva shahrida joylashgan.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Muhammad Rizo Erniyozbek o‘g‘li Ogahiy tavalludining 210 yilligini nishonlash hamda Xiva shahrida Ogahiy ijod maktabini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanalida xabar berildi.
Qarorga muvofiq, 2019-yil dekabr oyida Muhammad Rizo Erniyozbek o‘g‘li Ogahiy tavalludining 210 yilligi mamlakat miqyosida keng nishonlanadi.
Shuningdek, Xiva shahrida Ogahiy nomidagi ona tili va adabiyot fanini chuqurlashtirib o‘qitishga hamda xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktab-internati (Ijod maktabi) tashkil etiladi.
Ijod maktabiga o‘quvchilar tanlov asosida qabul qilindi.
Hozirda maktabda 146 nafardan ortiq o'quvchi tahsil oladi.
Manbalar
uz.wikipedia.org