Og'a mirak Isfahoniy
Ogʻa mirak Isfahoniy (16-asr) — naqqosh, musavvir; Tabriz miniatyura maktabining yirik vakili, Kamoliddin Behzodntg shogirdi. O.M. yaratgan moʻʼjaz asarlar mujassamotining uygʻunligi, nafisligi, qismlarining nozik ishlanishi bilan ajralib turadi. Asarlari Rossiya milliy kutubxonasi ("Ikki ajdar olishuvi"), Londondagi Britaniya muzeyi ("Majnun hayvonlar orasida") va boshqa toʻplamlarda saklanadi. Nizomiyning "Hamsa" asarining 1520 yilda koʻchirilgan qoʻlyozmasiga 5 ta hamda 1539 —43 yillarda koʻchirilgan qoʻlyozma-siga moʻʼjaz rasmlar ishlagan.
Manbalar
uz.wikipedia.org