Og‘a ibn Obiddin ash-Shirvoniy




Ogʻa ibn Obiddin ash-Shirvoniy (arabcha: آغا بن عابدين الشيرواني — Ogʻa ibn Obiddin Ramazon ibn Zohid ash-Shirvoniy) — Muhaddis va faqih.

Ogʻa ibn Obiddin ash-Shirvoniy XVIII asr boshlarida Buxoro atrofidagi "Bimajkas" yonida shoylashgan Shirvon qishlogʻida tugʻilgan. Unga "ad-Darbandiy" nisbasi ham berilgan.

Faoliyati



Ogʻa ibn Obiddin ash-Shirvoniy faqih, uslubiyotchi, muhaddis, muarrix sifatida faoliyat koʻrsatgan. Najaf, Karbalo kabi shaharlarga ilmiy safarlar qilib, u yerdagi bir qator olimlardan taʼlim olgan. Keyinchalik Eronga qaytib, Tehron shahrida yashagan.

Asarlari



Ogʻa ibn Obiddin ash-Shirvoniy oʻzidan boy ilmiy meros qoldirgan:

• "Iksiyrul-ibodat fi asrorish-shahodat" ("Shahodat sirlarida ibodat kupligining oʻrni");

• "Qavomiysul-qavoid fir-rijol" ("Hadis roviylari haqida qoidalar majmuasi");

• 'Xazoinul-usul" („Usul ilmining xazinalari“);

• "Al-Masoilu at-tamriniya fil-fiqh" ("Fiqh ilmiga oid mashqlar toʻplami");

• "Xazoinul- ahkom" ("Hukmlarning xazinalari").

Vafoti



Ogʻa ibn Obiddin ash-Shirvoniy 1285/1868 yili vafot etgan. Uning jasadi Karbaloga olib kelinib, dafn qilingan.

Adabiyotlar




Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz