Ofoqxo`ja




Ofoqxoʻja (1625, Kumul, Sharqiy Turkiston — 1695, Qoʻqon qishlogʻi, Kashqar viloyati) — islom va tasavvuf ilmining yirik targʻibotchilaridan biri va Yorkend xonligida taxtga oʻtirgan xoʻjalarning dastlabkisi; Turkiston tasavvuf ilmining rahnamolaridan Mahdumi Aʼzamning avlodi. O.ning ismi Hidoyatullo boʻlib, u xalq orasida hurmat belgisi boʻlgan "Ofoq" ("Yorugʻ dunyo" yoki "Yorugʻlik egasi") — xuja nomi bilan mashhurdir. O. yoshligida otasi Muhammad Yusuf ibn Eshon Kalon bilan turli shaharlarda yurib bilim va tarbiya olgan. 1638-yilda Kash-qarga kelib, otasi vafotidan soʻng bu yerdagi oqtogʻlik xujalarga bosh bulgan. 1670-yilda Yorkend xonligida yuz bergan ichki kurashlar natijasida O. Qashqarni tark etib Turkiston shaharlarida, qalmoqlar (oyrotlar) orasida va Xeshi yulagidagi (Xesi-szoulan) vi-loyatlarda diniy targʻibot ishlari bilan shugʻullangan. 1678-yilda Tibetda 2 yilga yaqin yashagan va bu yerdagi budda dini vakillari bilan yaqin aloqada boʻlgan. 1680-yil Tibet zodagonlari yordamida oyrotlar xoni bilan tanishgan. 1681-yilda qalmoklar tomonidan Yorkend xonligi taxtiga oʻtqazilgan. Uning jasadi Yogʻdu deb nomlangan joydagi ota-buvalari qabri yoniga dafn etilgan. Shundan boshlab ushbu qabriston "Ofoqxoʻja mozori" deb nomlanib, ziyorat maskaniga aylangan.

Abdulahad Xoʻjayev.

Manbalar





uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz