Ofoqbegim




Ofoqbegim (15-asr 2-yarmi – 16-asr bosh­lari) – shoira. Hasan Ali Jaloyirning qizi, Alisher Navoiyning ukasi Darvesh Alining ayoli. Ofoqbegim hassos va hozirjavob shoira sifatida xalq orasida mashhur boʻlib, asosan, fors-tojik tilida sheʼrlar yozgan. Darvesh Ali Balx hokimi boʻlgan davrda ijod ahliga homiylik qilgan. Manbalarda uning hozirjavoblik bilan badiha tarzida aytgan goʻzal ruboiy va baytlari saqlanib qolgan. Jumladan, Faxriy Hirotiy “Radoyif ul-ashʼor” (“Radifli sheʼrlar”) tazkirasida uning sheʼrlaridan namunalar keltiradi. Chunonchi:

Oh, az on zulfe, ki dorad

           rishtayi jon tob az oʻ,

Voy az on laʼle, ki har dam

               maxoʻram xunob az oʻ.

(Mazmuni: Oh, u zulfdanki, uni deb jon rishtasi azob chekadi, voy u labdanki, ichganim har lahza u tufayli qondir).

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz