OFK Chaqiruv kubogi




OFK Chaqiruv kubogi Osiyo Futbol Konfederatsiyasiga (OFK) aʼzo va rivojlanayotgan davlatlar uchun „Vision Asia“ dasturi asosida tashkil etilgan xalqaro futbol musoboqasi. Ushbu musoboqa OFKning sobiq prezidenti Muhammad Bin Hammam tomonidan 2006-yilda tashkil etilgan. Shuningdek, qitʼada futbol standartlarini oshirishga qaratilgan dastur rejasidir. Vision Asia dasturini oʻzida aks ettirgan OFK Chaqiruv kubogi Osiyo futbol terma jamoalari safida toʻp surayotgan koʻplab isteʼdodlarni kashf qildi.

OFK Chaqiruv kubogi ikki yilda bir marta o‘tkazib kelingan va dastlabki musoboqaga Bangladesh mezbonlik qilgan. 2006-yil iyul oyida erkaklar terma jamoasi musoboqalariga kiritilgan oʻzgartirishga koʻra 2008 va 2010-yillardagi OFK Chaqiruv Kubogi gʻoliblari avtomatik ravishda OFK Osiyo kubogi final bosqichiga yoʻllanma olishi belgilab qoʻyildi.

Soʻnggi ikki OFK Chaqiruv kubogi gʻolibi uchun 2011 va 2015-yillardagi OFK Osiyo kubogi musoboqasi final bosqichiga yoʻllanma ajratilgan. 2014-yil musoboqa soʻngi bor oʻtkazildi, chunki Osiyo kubogini oʻtkazish formati oʻzgartirildi. 2015-yilgi Osiyo kubogidan keyin ishtirokchi davlatlar soni koʻpaytirildi. Avval 16 ta davlat ishtirok etgan boʻlsa, keyinchalik 24 davlat ishtirok etishi belgilab qoʻyildi. 2016-yilning aprel oyida bir nechta assotsiatsiyalar oʻrtoqlik oʻyinlarini tashkil etishda muammolarga duch kelgani uchun OFK Chaqiruv kubogi oʻrniga yangi musoboqa oʻtkazish taklifini kiritdi. OFK ularning taklifini qanoatlantirib, OFK Birdamlik kubogini tashkil etdi.

Jamoalarni tanlash



OFK 2006-yilda oʻzining 46 aʼzo davlatini uchta guruhga ajratdi. Garchi turnir rivojlanayotgan assotsiatsiyalar toifasidagi mamlakatlar uchun moʻljallangan boʻlsa-da, rivojlanayotgan assotsiatsiyalar toifasidagi baʼzi mamlakatlar, jumladan, Hindsiton, Maldiv orollari, Myanma, Shimoliy Koreya, Tojikiston va Turkmaniston terma jamoalari turnirning saralash va final bosqichlarida ishtirok etishgan. 2012-yil mart oyi oxirida Shimoliy Mariana orollari futbol assotsiatsiyasi OFKning assotsiatsiyalangan aʼzosi bo‘lsa-da, OFK ruxsatiga binoan ularning terma jamoasi musoboqada ishtirok etdi. 2012-yilning noyabr oyida Nepal boʻlib oʻtgan musoboqada Shimoliy Koreya terma jamoasi chetlashtirildi.

Eng kuchli rivojlangan davlatlar sifatida 15 ta terma jamoa tasniflanadi:

Rivojlangan davlatlar sifatida 14 ta terma jamoa tasniflanadi:

Rivojlanyotgan davlatlar sifatida 17 ta terma jamoa tasniflanadi:

Natijalar




Muvaffaqiyatli terma jamoalar




Ishtirokchi davlatlar




Har bir final musoboqadagi jamoalar soni koʻrsatilgan.

Mintaqalar bo'yicha gʻolib jamoalar




Umumiy statistika




Umumiy statistika (Saralash)




Yutuqlar



Eng yaxshi futbolchi




Eng yaxshi to'purarlar




Gʼolib murabbiylar




Yana qarang




Manbalar




Havolalar




AFC Challenge Cup

uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz