Ofikleid
Ofikleid (fransuzcha: ophicléide, grekcha: ὄφις „ilon“ va grekcha: κλείς „zulfin, kalit“) — klappenhornlar (klapanli bygelhornlar) oilasiga mansub mis puflama cholgʻu asbobi, tashqi tomondan fagotga oʻxshaydi. Hozir taomildan chiqqan.
Uni 1814-yilda parijlik J. I. Aste (Jan Hilaire Aste) patentlagan. Bu uchi tor spiralsimon qayrilgan, taqa shaklidagi konussimon trubka boʻlib, uchida chashkasimon mushtugi bor.
Uchta tizimda ishlab chiqarilgan: bas, alto (har biri 3 oktava) va kontrabas (2,5 oktava). Eng mashhur bas ofikleid edi, ammo XIX asrning oʻrtalarida u tuba bilan almashdi; hozir baʼzi Yevropa mamlakatlari (Fransiya, Italiya) va Janubiy Amerika mamlakatlari orkestrlarida, asosan, harbiy puflama orkestrlarda goh-goh ishlatiladi.
Manbalar
Adabiyotlar
uz.wikipedia.org