Odzu




Odzu (yaponcha: 大洲市 Ozu-si?) – Yaponiyaning Ehime prefekturasi janubiy yarmini egallagan shahar. 2022-yil 31-avgust holatiga koʻra, shaharda 19688 xonadonda 40723 nafar kishi istiqomat qilgan, aholi zichligi esa har kvadrat kilometrga 94 kishini tashkil qilgan. Shaharning umumiy maydoni 432,22 kvadrat kilometr (166,88 mi²).

Geografiyasi



Odzu Hidzi daryosining oʻrta va quyi oqimida, yaʼni, Sikoku orolidagi Hidzi va Yaochi daryolari qoʻshilgan hududda joylashgan. Shahar hududi Seto ichki dengizidan to balandligi 1000 metrgacha boʻlgan togʻlarni oʻz ichiga olgan.

Qoʻshni munitsipalitetlar



Ehime prefekturasi

Iqlimi



Odzuda nam subtropik iqlim shakllangan, yozi issiq va qishi salqin, qor yogʻishi bilan ajralib turadi. Odzuda oʻrtacha yillik harorat 15,2 °C. Yillik oʻrtacha yogʻin miqdori 1644 mm, sentyabr esa eng nam oy hisoblanadi. Eng yuqori harorat avgustda 26,1 °C ni, eng pasti esa yanvarda, taxminan 4,6 °C ni tashkil etadi.

Demografiyasi



Yaponiya aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra, Odzu aholisi 1960-yillardan beri doimiy ravishda kamayib kelmoqda.

Tarixi



Odzu hududi oldin Iyo viloyati tarkibiga kirgan. Sengoku davrida shahar Todo Takatora egalik qiluvchi hududning bir qismi boʻlgan. 1608-yilda Todo Takatora koʻchirilib, oʻrniga Vakizaka urugʻi, 1617-yilda esa Tokugava syogunligi hukmronligi ostida Kato klani kelgan. Odzu Edo davrida qal’a shahri sifatida rivojlangan. Odzu shahri 1889-yil 15-dekabrda zamonaviy munitsipalitetlar tizimining oʻrnatilishi bilan Ehimening Kita tumani tarkibida tashkil etilgan. Meydzi va Taysyo davrlarida (XIX asr oxiri – XX asr boshlari) Odzuda gullab-yashnayotgan ipak va yapon shamlari (和蠟燭, varosoku) sanoati tufayli katta iqtisodiy oʻsish kuzatilgan. Bu davrda kuchli yogʻoch savdosi ham paydo boʻlgan, Hidzi daryosi transport arteriyasi boʻlib xizmat qilgan. Biroq, temir yoʻllar va avtomobil yoʻllarining paydo boʻlishi natijasida yuzaga kelgan oʻzgarishlar mahalliy iqtisodiy siklning muvozanatini buzgan.

1954-yil 1-sentyabrda Odzu Hirano, Avazu, Miyosi, Kamisukay, Minamikume, Niiya, Yanagisava va Okava qishloqlar bilan birlashtirilib, Ozu shahrini tashkil qilingan. 2005-yil 11-yanvarda Odzugga qoʻshni Nagahama, Hidzikava va Kavabe munitsipalitetlarini qoʻshib olingan.

Hukumati



Odzu toʻgʻridan-toʻgʻri saylanadigan mer va 21 aʼzodan iborat bir palatali shahar kengashiga ega boʻlgan mer-kengash boshqaruv shakliga ega. Odzu, Uchiko shahri bilan birgalikda Ehime prefekturasi assambleyasiga ikki aʼzoni qoʻshadi. Milliy siyosat nuqtai nazaridan, shahar Yaponiya Diet quyi palatasining Ehime 4-okrugi tarkibiga kiradi.

Iqtisodiyoti



Odzu bir vaqtlar elektronika ishlab chiqarishi bilan mashhur boʻlgan; ammo, shaharning Matsushita Kotobuki Electronics zavodi 2010-yilda biznes koʻrsatkichlarining jadal yomonlashishi tufayli yopilgan. Iqtisodiyot hozirda qishloq xoʻjaligi (sabzavot, chorvachilik, sitrus mevalari) va oʻrmon xoʻjaligiga qaratilgan boʻlib, tish choʻtkalarini ishlab chiqarish muhim mahalliy mahsulotdir.

Taʼlimi



Odzuda shahar hukumati tomonidan boshqariladigan 20 ta davlat boshlangʻich maktabi va toʻqqizta davlat oʻrta maktabi va Ehime prefekturasi taʼlim kengashi tomonidan boshqariladigan toʻrtta davlat yuqori maktabi mavjud. Shaharda bitta xususiy oʻrta maktab va ikkita xususiy yuqori maktab mavjud.

Transporti



Temir yoʻllari



Sikoku temir yoʻl kompaniyasi – Yosan liniyasi

Sikoku temir yoʻl kompaniyasi – Uchiko liniyasi

Magistral yoʻllari




Mahalliy diqqatga sazovor joylari



Odzuning gullab-yashnagan ipak va mum sanoati, ayniqsa XX asr oxirida katta boylik va farovonlik olib kelgan. Nafosat va madaniy idrok ham shu tufayli rivojlangan. Tarixiy davrda gullab-yashnagan shahar muhiti shaklllangan boʻlib, uning qoldiqlari hali ham saqlanib kelmoqda:

Galereya




Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz