Odri




Oriya tili , odri, utkali — hindevropa tillari oilasi hind-oriy tillari guruhiga mansub. Hin-distonning asosiy tillaridan biri va Orissa shtatining rasmiy tili. Qoʻshni Andhra Pradesh, Madhya Pardesh va Bihor shtatlarida ham Tap-kalgan. 25 mln.dan ortiq kishi soʻzla-shadi. Tuzilishi jihatidan koʻproq bengal tiliga oʻxshaydi. Asosiy xusu-siyatlaridan biri — soʻz oxirida qisqa unlilarning saqlanishi natijasida undosh bilan tugagan soʻzlarning juda ozligidir. Dialektal jihatdan Oriya tili nisbatan bir xil boʻlib, jan.-gʻarbda bhatri lahjasigina ajralib turadi. Yozma yodgorliklari 11 — 13-asrlardan mavjud boʻlsada, hozirgi til 19-asrning 2-yarmidan shakllangan. Qad. brahmi yozuvi asosida shakllangan, harflar shakli boshqa hind yozuvlaridan farq qiladigan oʻz yozuviga ega.

Manbalar






uz.wikipedia.org

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz