Odinaxon Jamoldinova




Odinaxon Rasulovna Jamoldinova (1970-yil 29-may, Oʻzbekiston tumani, Fargʻona viloyati, Oʻzbekiston SSR) — oʻzbekistonlik olima, pedagogika fanlar doktori (2015), professor.

Biografiyasi



Odinaxon Jamoldinova 1970-yil 29-may Fargʻona viloyati, Oʻzbekiston tumanida tugʻilgan. 1992-yilda Toshkent davlat pedagogika institutini pedagogika va psixologiya mutaxassisligi boʻyicha tugatgan. 1998—1999-yillarda Jizzax davlat pedagogika instituti pedagogika kafedrasi o‘qituvchisi, 1999—1999-yillarda Jizzax viloyati hokimligi oila, onalik va bolalikni ijtimoiy himoya qilish masalalari bo‘yicha kotibiyati yetakchi mutaxassisi, 1999—2002-yillarda Jizzax davlat pedagogika instituti pedagogika kafedrasi o‘qituvchisi, 1999—2008-yillarda „Oila“ ilmiy-amaliy markazi Jizzax viloyat bo‘limi direktori, 2002—2006-yillarda Jizzax davlat pedagogika instituti yoshlar pedagogikasi va psixologiyasi kafedrasi mudiri, 2006—2008-yillarda Jizzax davlat pedagogika instituti maktabgacha ta’lim nazariyasi va metodikasi kafedrasi mudiri, 2008—2012-yillarda „Kamolot“ yoshlar ijtimoiy harakati Markaziy kengashi raisi o‘rinbosari, respublika „Kamalak“ bolalar tashkiloti raisi, 2012—2015-yillarda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti ma’naviy-axloqiy tarbiya ishlari bo‘yicha prorektori, 2015—2020-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati hamda Fan, ta’lim, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi a’zosi, 2020—2023-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi vazifasida faoliyat yuritgan. 2023-yildan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori. Oʻzbekiston Liberal demokratik partiyasi aʼzosi.

Ilmiy faoliyati



Odinaxon Jamoldinova 1992—1998-yillarda Toshkent davlat pedagogika instituti aspiranturasida oʻqigan. 1997-yilda nomzodlik, 2015-yilda doktorlik (DSc) dissertatsiyasini himoya qilgan. Odinaxon Jamoldinova pedagogika sohasida 100 dan ortiq ilmiy ishlar, jumladan, 2 ta o‘quv qo‘llanma, 3 ta uslubiy qo‘llanma, 3 ta monografiya, 2 ta risola muallifi.

Mukofotlari




Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz