Odilov Hasan Pirmatovich




Hasan Pirmatovich Odilov (1960.24.7, Toshkent) — yogʻoch oʻymakori. Oʻzbekiston xalq ustasi (2002). 1982-yildan "Us to" birlashmasida ishlab O. Fayzullayevdan yogoch oʻymakorligi sirlarini oʻrgangan. 1991-yildan mustaqil usta. Respublika va xorijiy koʻrgazmalarda oʻzining "islimiy" va "girih" naqshli yogʻoch oʻymakorligi asarlari bilan qatnashib kelmoqda. Toshkentdagi "Toshkent kuranti" binosi zali, Temuriylar tarixi davlat muzeyi, Oliy Majlis binosi zali va boshqa maʼmuriy binolarning yogʻoch oʻymakorligi bezaklarini bajargan. Iqti-dorli ustaning Buxoriy yodgorlik majmui, Toshkentdagi xotira maydonidagi ayvonning ustun bezaklari diqqatga sazovor. O.ning kursi va xontaxtalari koʻp qirrali, oʻziga xos ishlov berilganligi bilan ajralib turadi.

Manbalar






uz.wikipedia.org

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz