Odiljon Arslonov
Odiljon Obidovich Aslonov (oʻzbekcha: Odiljon Obidovich Aslonov; 1995-yil 5-iyun, Buxoro, Buxoro viloyati, Oʻzbekiston) — oʻrta, ikkinchi oʻrta va yengil vazn toifalarida ishtirok etgan oʻzbek havaskor va professional bokschisi. Boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi aʼzosi, Osiyo chempionati kumush medali sovrindori (2022), ikki karra O‘zbekiston chempioni (2019, 2021), O‘zbekiston chempionatining ko‘p karra kumush medali sovrindori, xalqaro va milliy musobaqalarning ko‘p karra g‘olibi va sovrindori havaskorlar turnirlari qatnashchisi.
BoxRec reytingidagi eng yaxshi pozitsiya 189-o‘rin (2022-yil noyabr) va o‘zbek supero‘rta vazn toifasidagi bokschilar orasida 3-o‘rinda bo‘lib, dunyoning eng yaxshi supero‘rta vazn toifasidagi TOP-190 bokschilari qatoriga kiradi.
Tarjimai holi
Odiljon Aslonov 1995-yil 5-iyunda Oʻzbekistonning Buxoro viloyati, Buxoro shahrida tugʻilgan.
Havaskorlik faoliyati
Yaqin atrofda oʻsmirlar sport maktabi joylashgan maktabda oʻqiganligi sababli 10 yoshida boks seksiyasi murabbiyI Hamza Avezov huzuriga kelgan. Yoshlar o‘rtasidagi O‘zbekiston chempionatida qatnashib, sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritgan, so‘ngra O‘zbekiston yoshlar terma jamoasiga qo‘shilgan va bu yerda Ravshan Xo‘jaev qo‘l ostida shug‘ullangan. 2015-yilda yoshlar o‘rtasidagi O‘zbekiston chempionati g‘olibi bo‘ldi, shundan so‘ng O‘zbekiston kattalar terma jamoasiga o‘tgan va o‘sha yili kattalar o‘rtasidagi O‘zbekiston chempionati kumush medali sovrindori bo‘lgan. 2015―2018-yillarda O‘zbekiston chempionatining uch karra kumush medali sohibi.
2018―20200-yillar
2018-yilda esa 75 kg vazn toifasida finalda tajribali Fanat Qahramonovga yutqazib, uchinchi marta O‘zbekiston chempionati kumush medali sovrindori bo‘ldi.
2019-yilning noyabr oyida 75 kg vazn toifasida finalda hakamlarning ikkiga bo‘lingan qaroriga ko‘ra (hisob: 3:2) yakunda tajribali Fanat Qahramonovni mag‘lub etib, O‘zbekiston chempioni bo‘lgan. Va oʻsha yili Rossiyaning „Patriot“ promouterlik kompaniyasi bilan shartnoma imzolagan.
2020-yilning noyabr oyida 75 kg vazn toifasida finalda Saidjamshid Jafarovga yutqazib, yana O‘zbekiston chempionatining kumush medali sohibiga aylangan.
2021―2022-yillar
2021-yil noyabr oyi boshida Belgradda (Serbiya) yengil vazn toifasida (80 kg gacha) jahon chempionatida qatnashgan. 1/16 finalda koʻpchilik hakamlar qarori bilan ochkolar boʻyicha (hisob: 4:1) italiyalik Simone Fiori ni magʻlub etgan, ammo keyin 1/8 finalda - ochkolar boʻyicha raqobatbardosh jangda (hisob: 2:3) 2021-yilgi jahon chempioniga aylangan amerikalik Robby Gonsalezga yutqazgan.
2021-yilning dekabr oyida 81 kg vazn toifasida finalda tajribali Dilshodbek Ro‘zmetovni mag‘lub etib, O‘zbekiston chempioni bo‘lgan.
2022-yil fevral oyida Stranja kubogida(ingl.)oʻzb. 80 kilogrammgacha vazn toifasida g‘olib bo‘lgan. Sofiya (Bolgariya) shahrida boʻlib oʻtgan finalda bolgariyalik tajribali bokschi Kristian Nikolovni ochkolar boʻyicha magʻlub etgan.
2022-yilning noyabr oyida Ammanda (Iordaniya) boʻlib oʻtgan Osiyo chempionatining 80 kg vazn toifasida kumush medali sovrindori boʻlgan va finalda tajribali iordaniyalik Husayn Ishayshga yutqazib qoʻygan.
2022-yilning dekabr oyida yana 80 kg vaznda Dilshodbek Ro‘zmetovni finalda mag‘lub etib, yana O‘zbekiston chempioni bo‘lgan.
Professional faoliyati
2019-yilning 21-dekabr kuni Krasnoyarskda (Rossiya) professional ringdagi debyutini 2-o‘rta vaznda, tajribali rossiyalik Varazdat Chernikovni (11-14) 2-raundda texnik nokautga uchratib, gʻolib boʻlgan.
2022-yil 6-avgustda Yekaterinburgda (Rossiya) rossiyalik Nikita Zon (4:0) bilan juda raqobatbardosh jang o‘tkazgan (hisob: 76-76).
Professional janglari statistikasi
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org