Odilbek Rustamov




Odilbek Rustamov (1895 — Andijon — 1968) — sozanda (surnay, nogʻora), mehtar, Rustam mehtar Yusufalizodaning oʻgʻli. 1927—60 yillarda (turli vaqtlarda) Andijon teatrida ishlab, yosh xonanda, sozanda, raqqos(a)larga taʼlim bergan. Buzruk, Segoh, Dugoh, Iroq maqomlarining surnay yoʻllarini, shuningdek, "Adoiy", "Miskin", "Gul oʻyin" kabi ommabop raqs kuylarini mahorat bilan ijro etgan. Oʻzbekiston radio qoʻmitasi (1956) va Sanʼatshunoslik ilmiy tadqiqot institutida (1963) Rustamov ijrosida 70 dan ortiq kuy yozib olingan.

Manbalar





uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz